Ðåçóëüòàòîâ: 176

Prezident: 2025-yil — suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi

Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi. gazeta.uz »

2024-11-8 12:17

“Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan”. Shavkat Mirziyoyev — “Yashil makon” loyihasi haqida

O‘zbekistonda yashillik darajasi 12 foizga yetdi. 2024-yil bahor mavsumida 138 mln dona ko‘chat ekildi. Prezident unda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. “Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab daraxt ko‘karmagan”, dedi u. Bosh prokuraturaga nazoratni kuchaytirish topshirildi. gazeta.uz »

2024-10-21 16:39

Toshkentni “piyodalar shahri”ga aylantirish, yashil hududlar va suv havzalarini ko‘paytirish reja qilinmoqda

Prezident Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Unda “Shahar - piyodalar uchun” tamoyilini joriy etish, sun’iy suv havzalari va yashil zonalar barpo etish, korxonalarda tozalash uskunalarini o‘rnatish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2024-9-26 12:43

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi

BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan. gazeta.uz »

2024-8-20 07:33

Yunusobodda suv toshdi: sabablar, oqibatlar, mas’ullardan qarama-qarshi bayonotlar (+ foto, video)

Toshkentning Yunusobod tumanida suv quvuridagi nosozlik ortidan suv bosdi. FVVga ko‘ra, 13 ta ko‘p qavatli uy yerto‘lasi va ichki yo‘llarga suv kirgan. “Suvta’minot” holat qozonxonada elektr uzilgani uchun yuz berganini aytgandi, Energetika vazirligi buni rad etib, uzilish bo‘lmaganini ta’kidladi. Foto, video. gazeta.uz »

2024-7-3 11:47

“Hisorak” suv omboridagi holat haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati IIB “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqish holati haqida internetda yolg‘on xabar tarqatib, “odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan” shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-6-11 19:05

Suez bosh direktori — Toshkent suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va O‘zbekistondagi loyihalar haqida

Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda. gazeta.uz »

2024-5-9 02:27

YTTB O‘zbekistonda suv ta’minoti, energetika va yo‘l infratuzilmasi loyihalarida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Davlat rahbari mazkur bank bilan hamkorlikda suv ta’minoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi va “yashil” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-5-1 17:10

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda FAO va Yevropa Ittifoqi ko‘magida xavfli kimyoviy moddalarni boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda. 4 mln yevrolik loyiha xavfli pestitsidlarni suv va tuproq tarkibidan ajratish, kimyoviy chiqindilarni tozalash, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalarni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2024-5-1 15:13

Kuchli yomg‘ir tufayli Dubayni suv bosdi, ularni bulut ekish ishlari qo‘zg‘atgan bo‘lishi mumkin — Bloomberg

BAAda so‘nggi 75 yil ichida rekord darajada yog‘ingarchilik kuzatildi. Dubay bundan eng ko‘p zarar ko‘rdi - ko‘cha, uylar, savdo markazlari va aeroport suv ostida qoldi. Hodisani hukumat qurg‘oqchil iqlimda yomg‘ir chaqirish uchun foydalanadigan bulut ekish ishlari keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, deb yozdi Bloomberg. gazeta.uz »

2024-4-18 07:45