Ðåçóëüòàòîâ: 304

Namanganda Rossiya armiyasi safida Ukrainada jang qilgan 57 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi

Namanganda Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonidan qatnashgan 57 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. U avval o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin Rossiyaga ketgan. Qarzlari va moddiy ahvoli sabab Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolab, Ukrainada jang qilgan, yaralangan va mukofot olgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytgan. gazeta.uz »

2026-2-4 10:53

Toshkentda qo‘poruvchilik sodir etishga tayyorgarlikda ayblangan 20 yoshli yigit 6 yilga qamaldi

Sud Toshkentda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan 20 yoshli yigitni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U terroristik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushgani, Suriyaga chiqib ketish yo‘llarini surishtirgani va taqiqlangan ekstremistik materiallarni tarqatgani aytiladi. gazeta.uz »

2025-12-12 12:26

Apellyatsiya instansiyasi Kelesda 18 yoshli Asqar Gulmatovning o‘ldirilishi bo‘yicha chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Fevralda Kelesda o‘ldirilgan o‘smirning onasi kiritgan apellyatsiya shikoyati rad etildi: sud 17 yoshli A.S.ga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi. Jinoyatning guruh bo‘lib, o‘ta shafqatsizlik bilan sodir etilgani haqidagi vaj dalillar yetishmasligi sabab qabul qilinmadi. gazeta.uz »

2025-12-3 12:03

Angrenda zo‘rlangan 15 yoshli qiz ruhiy inqiroz holatidan chiqib bormoqda — bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani iyulda Angrenda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan va davolanayotgan 15 yoshli qiz bilan ko‘rishdi. Qizning sog‘lig‘i yaxshilangan, tana vazni oshib, ahvoli barqarorlashgan hamda bosqichma-bosqich ruhiy inqiroz holatidan chiqib bormoqda, dedi u. Holat bo‘yicha jinoyat ishi sud muhokamasi bosqichida. gazeta.uz »

2025-11-18 13:49

Kiberfiribgarlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik 20 yoshli yigit Turkiyadan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonlik 20 yoshli Umid Zohirjonov Turkiyadan deportatsiya qilindi. U vatanda kiberfiribgarlik sodir etib, 10 dan ortiq fuqaroning mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblanmoqda va qidiruvda edi. Bosh konsulxona javobgarlikdan qochib, chetda yashayotganlarni jinoiy ta’qib etish davom ettirilishini eslatdi. gazeta.uz »

2025-11-7 12:05

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Rossiyadagi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi

Rossiyaning Arxangelsk shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Rossiya rasmiylari uning qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, beton plitaga qulaganini bildirdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi holatni nazoratga oldi. gazeta.uz »

2025-10-8 10:58

“Bir qizaloqni asrolmagan jamiyat va davlat”. 7 yoshli qizini o‘ldirgan ayol voqeasi bo‘yicha o‘rganish va munosabatlar

Gazeta yillar oldin qizini ayiq qafasiga tashlagan, yaqinda esa uni pichoqlab o‘ldirgan ayol voqeasini o‘rganishga urindi, shuningdek, jamoatchilik fikrini jamladi. Ayol ro‘yxatda turgan ruhiy salomatlik markazi unga “sog‘lom” xulosasi berilmaganini aytdi. Hodisa ijtimoiy himoya tizimini so‘roq ostida qoldirdi. gazeta.uz »

2025-9-11 10:30