Toshkentda poyezd 15 yoshli bolani urib ketdi. U shifoxonaga yotqizildi
Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi. U bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
¸øëè - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi. U bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Alisher G‘aniyev yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. U 23 yoshgacha bo‘lganlar orasida kurashning har ikki turi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylanib, O‘zbekiston tarixiga kirdi (foto, video). gazeta.uz »
Qarshi shahrida “102”ga telefon qilgan ayol u bilan 3 yildan beri birga yashayotgan erkak uning 7 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani haqida shikoyat qilgan. Ijtimoiy tarmoqda qizaloqning holat haqida kimgadir aytsa, erkak uni o‘ldiraman, deya qo‘rqitganini yig‘lab aytib bergan videosi tarqaldi. gazeta.uz »
Namangan shahrida yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida velosipeddagi 8 yoshli bolani urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. gazeta.uz »
Olmaliq shahrida Nexia 3 haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Yangiyo‘lda 4 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda gumonlanayotgan 41 yoshli erkak ushlandi. O‘rganishlar davomida uning yonida giyohvandlik moddasi topildi. Shuningdek, u ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida erkak 10 yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan. Shu vaqtda u IIO xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ota 10 sutkaga qamaldi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Toshkentda piyodalar o‘tish joyida Gentra katta tezlikda 19 yoshli qizni urib ketdi. Marhumaning otasi va guvohlarga ko‘ra, haydovchi uning mashinasi “murda tashuvchi emasligini” aytib, qizni shifoxonaga eltishdan bosh tortgan. gazeta.uz »
Sergeli tumanida BYD yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »
Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Chilonzor tumanida Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. 41 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Samarqand tumanida “Jiguli” mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olayotganida Spark yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisining 14 yoshli qizi vafot etdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston delegatsiyasining eng yosh vakili, 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi. U nayza uloqtirish bahslarida 43,12 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi. gazeta.uz »
Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit o‘zi tengi qiz tanishini katta daromad topishga ishontirib, Dubayga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgani aniqlandi. U Toshkent aeroportida qo‘lga olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Denov tumanida bog‘cha tarbiyachisi beodoblik qilgan bolani “tarbiyalash maqsadida” chizg‘ich bilan urgani aniqlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Qarshi tumanida 18 yoshli yigitni suzish havzasi hududida tok urdi. Oqibatda u shifoxonaga yetmasdan vafot etdi. Ochilganiga 2 oy bo‘lgan basseyn faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. gazeta.uz »
Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Denov tumanida 32 yoshli erkak qo‘shnisining 10 yoshli qiziga uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilganlikda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. gazeta.uz »
Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi. YHXBga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan. gazeta.uz »
Do‘stlik tumanida oilaviy bog‘chaning qarovsiz qolgan 3 yoshli tabriyalanuvchisi ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Sud bu ishda bog‘cha direktoriga 4 yil 1 oy, tarbiyachiga 4 yil va tuman SES boshlig‘iga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. gazeta.uz »
Asaka tumanida 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi. U o‘limidan oldin onlayn o‘yinlarda “11 mln so‘m qarzga kirgani va oxirgi chora o‘lim” ekanini aytib, ovozli xabar qoldirgan. gazeta.uz »
Baliqchi tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobilining 61 yoshli haydovchisi vafot etdi. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi qamoqqa olindi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 6-sinfdagi singlisiga sevishini aytgani uchun 15 yoshli bolani “samosud” qilgan erkak 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida Labo haydovchisi 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida VAZ-2106 ning 74 yoshli haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga qayrilayotganda Cobalt`ga yo‘l bermagani uchun ikki avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi 3 yoshli qiz kaltaklandi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, deb yozdi bolalar ombudsmani. gazeta.uz »
Katta Farg‘ona kanalining Marhamat tumanidan o‘tgan qismida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida oqib ketgan 17 yoshli bola halok bo‘ldi. Prokuratura tekshiruv ishlarini boshladi. gazeta.uz »
Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi. gazeta.uz »
Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida erkak u bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqladi. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etdi, gumonlanuvchi ushlandi. gazeta.uz »
Shahrisabzda 14 yoshli qizni 7 oy qullikda saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Ayol JKning ikki moddasi bo‘yicha 7,5 yilga, ikki erkak uch modda bilan 9 yilga qamaldi. gazeta.uz »
Andijon shahrida Cobalt haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Xatirchida 8 yoshli qizning vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 haydovchi qamoqqa olindi. Ikkisi ham yo‘lda bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ulardan biri olti oyda 12 marotaba tezlikni oshirib haydagan. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetaforning qizil chirog‘ida harakatlangan. gazeta.uz »
Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari jarimaga tortildi. Bolalar ombudsmani nikoh yoshi talabining buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy kamol topish huquqlariga mutlaqo zidligini aytdi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Toyloq tumanida 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi. Unga nisbatan JKning “Qiynash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro bog‘chada farzandi bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga olib borildi, erkakka nisbatan tekshiruv boshlandi. gazeta.uz »
Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Toshkentda 31 yoshli erkak ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanmoqda. Qonuniy nikohidan 5 farzandi bo‘lgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
Zangiota tumanida temiryo‘lni velosipedda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi. U kursdoshlari bilan cho‘milmoqchi bo‘lgan, biroq suv oqimi tezligi hamda sovuq bo‘lgani oqibatida oqib ketgan. gazeta.uz »
Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilgan ayol qo‘shnisi besh yoshli qiziga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani, ammo profilaktika inspektori uning arizasini qabul qilmaganini aytdi. BP erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va xodimning xatti-harakatlari ustidan ichki tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Yangiqo‘rg‘on tumanida 1995-yilda tug‘ilgan ayol oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘zini yoqib yubordi va vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »