Ðåçóëüòàòîâ: 121

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi, Jahongir Ahmedov uning direktori bo‘ldi

Prezident qarori bilan Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. Unga rejissyor Jahongir Ahmedov direktor etib tayinlandi. Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan kontentni tahlil qiladi va mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi. gazeta.uz »

2025-5-15 13:37

O‘zbekistonda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishi e’lon qilindi

Prezident “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Dasturda hokimlar tibbiyot muassasalarida “ona-bola” xonalarini tashkil qilish, nogironligi borlar erkin harakatlanishi uchun inklyuziv muhit yaratish, qo‘l yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalar tashkil etish uchun mas’ul bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-5-7 13:39

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi tur natijalari bekor qilindi

Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi “jarayonning to‘g‘riligi va qonuniyligini ta’minlash uchun” prezident saylovining birinchi tur natijalarini bekor qildi. Yangi saylov sanasini hukumat belgilaydi. OAV Rossiya saylovga aralashgani va birinchi tur g‘olibining targ‘iboti uchun keng ko‘lamli kampaniya o‘tkazganini yozmoqda. gazeta.uz »

2024-12-6 18:34

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi

Tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida osmondan lentalar yog‘dirilishi aytilgan video tarqaldi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi bunday harakatlarning tabiatga zararini tushuntirdi. Tashkilotchilar animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi reja qilinganini ma’lum qildi, shunga qaramay shou bekor qilindi. gazeta.uz »

2024-7-26 15:25