Hasan Salihov O‘zbekiston prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili etib tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti Hasan Salihovni o‘zining madaniyat bo‘yicha vakili etib tayinladi. Bungacha u Kreativ industriya parki direktori lavozimida ishlagan. Aprel oyi oxiridan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan G‘iyosiddin Rejabov boshqa ishga o‘tdi. gazeta.uz »




