Ðåçóëüòàòîâ: 701

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha o‘rta muddatli prognozlarini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilgi o‘sish prognozini 0,4% bandga - 6,4% gacha oshirdi. 2027-yilgi o‘sish prognozi esa 0,8% bandga yaxshilanib, 6,7% ni tashkil etdi. Ayni paytda, JB iqtisodiyotda davlat sektori ustun mavqega ega bo‘lib, xususiy sektorning roli cheklanganicha qolayotganini ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2026-4-14 07:33

Qozog‘iston MOda dori va vaksinalar nazorati bo‘yicha JSSTning “3-darajali yetuklik” maqomini olgan ilk davlat bo‘ldi

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib JSSTning dori vositalari va import vaksinalarni tartibga solish bo‘yicha “uchinchi darajali yetuklik” maqomini oldi. Bu milliy nazorat tizimining xalqaro standartlarga mosligini va aholi uchun tibbiy mahsulotlar xavfsizligi kafolatlanishini anglatadi. gazeta.uz »

2026-4-10 12:22

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha murojaatlarning asosiy qismi ish sifati va uylar muddatida topshirilmagani bilan bog‘liq

2025-yil va 2026-yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasi yangi uylar sifati va ularning o‘z muddatida topshirilmasligi bilan bog‘liq 2057 ta murojaatni ko‘rib chiqqan. Shikoyatlarning 74,3 foizi qanoatlantirilgan, qo‘mita fuqarolarga qariyb 24,4 mlrd so‘mni qaytarishga yordam bergan. gazeta.uz »

2026-4-8 14:15

Madaniyat vazirligi san’atkorlar solig‘i bo‘yicha yengilliklar berish va tizimni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Madaniyat vazirligi san’atkorlarning har bir chiqishini alohida soliqqa tortish loyihasi bo‘yicha Adliya vazirligiga e’tiroz kiritganini ma’lum qildi. Idora yangi tartibda soliqlarni adolatli va tabaqalashtirilgan holda belgilashni hamda ijodkorlar uchun maqbul shart-sharoitlarni saqlab qolishni so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-4-7 10:44

AQSh va Eron o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Axios

AQSh va Eron vositachilar orqali o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Biroq, Axios manbalariga ko‘ra, kelishuvga erishish imkoniyatlari juda kam. Tramp esa, o‘z navbatida, Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronning ko‘priklari va elektr stansiyalarini bombardimon qilish bilan yana tahdid qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 13:32

O‘zbekistonda moliyaviy og‘ir ahvoldagi biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar joriy etilmoqda

Faoliyat yuritmayotgan va tugatilgan kompaniyalar soni ortib borayotgani sabab hukumat to‘lovga qobiliyatsizlik institutini yangilamoqchi. Bunda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tuzish, soha bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish, shuningdek, sanatsiya mexanizmlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-3 18:02

“Mas’ul vazirliklar yoqasidan olishi kerak”. JST bo‘yicha prezident vakili Azizbek Urunov adolatsiz raqobatchilar haqida

JST bo‘yicha vakil Azizbek Urunov tovarlar narxini sun’iy pasaytirib, adolatsiz raqobat qilayotgan tadbirkorlarga nisbatan mas’ul vazirliklar chora ko‘rishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgach, xufiyona iqtisodiyot kamayishini, mamlakatlar bozorni ochishdan manfaatdor ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-3-26 13:23

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili YI elchisi bilan Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev YIning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat hamda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-3-10 17:18

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova bo‘yicha iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirilganini aniqladi va xizmat ko‘rsatuvchiga ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »

2026-3-3 13:24

O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hisob-kitoblar, jumladan, hududlar kesimida tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini belgilovchi minimal iste’mol xarajatlari, e’lon qilish muddati 20-yanvargacha bo‘lishiga qaramay, haligacha ochiqlanmadi. IMV bu ko‘rsatkichning inflyatsiyadan farq qilishi sabablarini tushuntirib, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik ko‘rsatkichini joriy etish ishlari ketayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-13 23:05

Toshkent agrar universitetida traktorchi-mashinist va agrodronlar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent agrar universitetida traktorchi-mashinist va agrodronlardan foydalanishga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Fermer hamda uning xodimlari farzandlarining test sinovlarida ballari qabul parametrlariga yetmaganda, miqdori kamaytirilgan to‘lov-kontrakt asosida universitetga qabul qilish joriy etiladi. gazeta.uz »

2026-2-10 08:16

“Adolat” deputati shaxsiy ma’lumotlarning ehtimoliy sizib chiqqani bo‘yicha vazirliklarga so‘rovlar yubordi

“Adolat” partiyasidan deputat Muhammad Valiyev Raqamli vazirlik, IIV va Statqo‘mga o‘zbekistonliklar shaxsiy ma’lumotlarining darknetga ehtimoliy sizib chiqqani bo‘yicha so‘rovlar yubordi. Bu holatni tasdiqlash, kiberhujumlarni tekshirish, shu kabi hodisalardan himoyalanish va oldini olish choralari bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2026-2-6 17:49

Kredit penyasi, jarima va foizlarni adolatli tartibga solish bo‘yicha Markaziy bankka deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputat Diyor Xusanov jamoatchilik va tadbirkorlar e’tiroziga sabab bo‘layotgan kredit penyasi, jarima va foizlarni tartibga solish bo‘yicha MBga so‘rov yubordi. Avvalroq MB to‘lov kechiktirilganda ayrim banklar “adolat va mutanosiblik tamoyillariga zid” sanksiyalar qo‘llayotgani yuzasidan banklarga xat yuborgandi. gazeta.uz »

2026-2-6 10:37

O‘zbekistonning ayrim elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, AQSh, BAA va Rossiyadagi elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi. U tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga bo‘ysunadi va uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga ko‘maklashadi. gazeta.uz »

2026-2-3 14:07