Ðåçóëüòàòîâ: 701

Qandolatchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Prezident qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlarni uzaytirishni ma’qulladi. Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tropik mevalar va apelsin sharbati konsentrati importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. gazeta.uz »

2024-12-11 19:22

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga nisbatan tergov bo‘yicha maxsus prokuror tayinlanishini ma’qulladi

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan. gazeta.uz »

2024-12-10 13:53

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters

NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi”ni eslatdi. gazeta.uz »

2024-12-3 15:39

Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi

Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari - ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi. gazeta.uz »

2024-11-28 17:52

Toshkentdagi pulli “parkovka”larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi

Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori - 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum? gazeta.uz »

2024-11-25 13:16

“Zapravkalar” va ulardagi narxlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushdi

Avtomobilga benzin, metan va propan quyish, elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari haqida ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushirildi. U orqali haydovchilar qayerda yoqilg‘i quyishni tanlashi, narxlarni solishtirishi, “zapravka”lardagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardor bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »

2024-11-20 13:49

O‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron, robototexnika va kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi. Har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2024-11-19 12:50

“Elektr energiyasini cheklovlarsiz yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berildi” — energetika vaziri

Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-11-16 09:57

Toshkentda korxonalarning qattiq yoqilg‘idan foydalanishini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazilmoqda

Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev issiqxonalar sabab poytaxt havosi keskin yomonlashayotgani haqida murojaat bilan chiqdi. Shahar hokimligi holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, korxonalarni tekshirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-11-12 09:29

UNICEF’ning O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlili nimalarni ko‘rsatib berdi?

UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan. gazeta.uz »

2024-10-31 09:56

Isroilda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi faoliyatini taqiqlash bo‘yicha qonun ma’qullandi

Isroil parlamenti 90 kun ichida mamlakatda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Agentlik hamda xalqaro tashkilotlar bu harakat “xavfli pretsedent yaratishi” va “BMT nizomiga zidligi”ni bildirmoqda. gazeta.uz »

2024-10-29 08:14

Isroilda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi faoliyatini taqiqlovchi qonun ma’qullandi

Isroil parlamenti 90 kun ichida mamlakatda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Agentlik hamda xalqaro tashkilotlar bu harakat “xavfli pretsedent yaratishi” va “BMT nizomiga zidligi”ni bildirmoqda. gazeta.uz »

2024-10-29 08:14

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?

Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi. gazeta.uz »

2024-10-25 21:25

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2024-10-25 14:02

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell KAM kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell KAM kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2024-10-25 14:02