Ðåçóëüòàòîâ: 701

O‘zbekiston Fransiya bilan Surxondaryoda suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzoladi

“O‘zsuvta’minot” va Fransiyaning Suez kompaniyasi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzolandi. 8,3 mln dollarlik loyiha ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlashni boshqarish bo‘yicha raqamli yechimlarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »

2025-3-13 14:02

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni keyingi haftaga qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha 13-martga belgilangan boshqaruv yig‘ilishini 20-martga qoldirdi. Bunda fevral yakunlari bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va savdo hamkorlar iqtisodiyoti bo‘yicha ma’lumotlar martning ikkinchi yarmida e’lon qilinishi inobatga olingan. gazeta.uz »

2025-3-13 08:27

Futbol bo‘yicha 2025-yilgi O‘zbekiston Superligasi boshlanmoqda. O‘yinlarni qayerda ko‘rish mumkin?

Superliga 8 yildan so‘ng yana 16 jamoa bilan yo‘lga chiqyapti. 1-tur 7-mart kuni “OKMK” - “Buxoro” o‘yini bilan ochiladi. 8-martdagi “Bunyodkor” - “Neftchi” va 9-martdagi “Nasaf” - “So‘g‘diyona” bahslari turning markaziy o‘yinlari sifatida e’tirof etilmoqda. “Nasaf” bu mavsum o‘z chempionligini himoya qiladi. gazeta.uz »

2025-3-7 17:13

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Stranja kubogi-2025 da Qozog‘istonga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik bokschilar “kichik” jahon chempionati - Strandja kubogida ketma-ket to‘rt yil davomida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandi. Bu yil yetakchilik Qozog‘istonga o‘tdi. O‘zbekistonliklar 6 ta final jangidan 5 tasida, jumladan, qozog‘istonlik 3 nafar raqibiga qarshi bahsda g‘alaba qozondi. gazeta.uz »

2025-3-6 02:06

“Muammolar yechimi bo‘yicha kelishib oldik”: O‘zbekiston Pokiston bilan Transafg‘on temiryo‘li masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Pokiston bilan Transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha muammoli masalalarni ochiq muhokama qildi va ularni hal etish bo‘yicha kelishib oldi, dedi prezident. Mamlakatlar birgalikda Afg‘onistondagi infratuzilmani yaxshilaydi va Mozori Sharif - Xarlachi temiryo‘li TIAni ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratadi. gazeta.uz »

2025-2-27 18:44

Senator bog‘chalardagi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha vazir Hilola Umarovaga so‘rov yubordi

Senat qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga bog‘chalarda kuzatilayotgan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan so‘rov yubordi. Senator zo‘ravonlik sabablari va ularning oldini olish bo‘yicha choralar bo‘yicha tushuntirish berishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-2-27 15:51

Migratsiya agentligi Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha platforma ishga tushirdi

Migratsiya agentligi Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ruxsatnoma imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha platformani ishga tushirdi. Unda namunaviy test sinovlari orqali rus tili, mamlakat tarixi va qonunchiligi bo‘yicha bilimlarni bepul baholab olish mumkin. gazeta.uz »

2025-2-27 08:15

Bolaga zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarning 28 foizi ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tazyiqiga oid — Surayyo Raxmonova

2024-yilda bolalar ombudsmaniga bolaga nisbatan zo‘ravonlikka oid murojaatlarning 28 foizi ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning tazyiqiga oid bo‘ldi. “Bu fakt bola himoyasida eng avvalo oila alohida e’tibor markazida bo‘lishi zarurligini anglatadi”, - dedi bolalar ombudsmani Surayyo Raxmonova. gazeta.uz »

2025-2-25 16:45

2024-yilda sudyalar faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2024-yilda sud ishlari va sudyalar faoliyatiga aralashuvlar bo‘yicha 3 holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 2 ta holat o‘rganilmoqda. “Sudyalarga nafaqat ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdid qilinyapti, balki davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkazish holatlari ham uchramoqda”, - dedi Sudyalar oliy kengashi vakili. gazeta.uz »

2025-2-20 16:20

“Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilish rejalashtirilmoqda” — “O‘zsuvta’minot”

Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilinishi kutilmoqda. “Bu ijtimoiy va geosiyosiy, qolaversa, texnik jihatdan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Yaqin kelajakda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazib, so‘ng yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi”, - dedi “O‘zsuvta’minot” rasmiysi. gazeta.uz »

2025-2-17 12:34