Ðåçóëüòàòîâ: 701

O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekiston kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bunday stansiyalarni boshqa hududlarda ham qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Prezident islohotlari katta miqdordagi elektrni talab qiladi, atom energetikasi esa iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi “O‘zatom” rahbari. gazeta.uz »

2025-2-11 09:48

FAO O‘zbekistonning pestitsidlar tahlili bo‘yicha laboratoriya salohiyatini kuchaytirishga yordam beradi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonning pestitsidlarni tahlil qilish bo‘yicha laboratoriya salohiyatini mustahkamlash tashabbusini ilgari surmoqda. Shu maqsadda o‘tkazilgan seminarda sohada kadrlarni tayyorlash va infratuzilmani takomillashtirish muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-2-6 15:26

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi (Toshkentdan Angrengacha va Qamchiq dovoni). gazeta.uz »

2025-1-29 09:58

O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtiriladi, ma’lum yoshdagilar uchun pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi, xorijlik va fuqaroligi yo‘q kishilarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun Ye-xabar berish tizimi ishga tushiriladi. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-1-25 13:29

Giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi boshlandi

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili Toshkentda 238,8 kg bunday moddalar musodara qilingan. Jinoyatga qarshi kurashish uchun nimalar rejalashtirilmoqda? gazeta.uz »

2025-1-18 13:27

2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxonasi. Ro‘yxatda kimlar bor?

2024-yilda davlat va xususiy sektor bo‘yicha O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan top-10 korxona e’lon qilindi. Davlat korxonalari orasida “NKMK”, “OKMK” va “Navoiyuran” yetakchilikni saqlab qoldi, xususiy sektorda UZBAT, Tashkent Tobacco va GID License Plate yetakchi bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-1-15 13:55

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik va qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish bo‘yicha tuzatishlarni qabul qildi

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Deputat Ilhom Abdullayev qimor o‘yinlarini reklama qilish bo‘yicha cheklovlar belgilanmaguncha bukmekerlar faoliyatiga ruxsat bermaslik kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-14 15:29

Toshkent mehmonxonasida rossiyalik jurnalist o‘limi ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs ayblanmoqda

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2025-1-10 16:04

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tahliliy hujjatlarni hamda ichki va tashqi siyosatga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-1-4 10:34

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi

Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibini tasdiqladi. 46 nafar tadbirkorlar orasida Zafar Hoshimov, Jahongir Ortiqxo‘jayev, Murod Nazarov, Click, Amirsoy ta’sischilari va boshqalar bor. gazeta.uz »

2024-12-30 12:41

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish - qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-23 19:06

O‘zbekistonda geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi

Prezident mutasaddilarga xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun dastur ishlab chiqishni topshirdi. “O‘zbekneftgaz” transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytirish va kredit reytingini yaxshilash ustida ishlaydi. gazeta.uz »

2024-12-19 21:34

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar

Hukumat O‘zbekistonda qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqladi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd so‘m bo‘lishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham belgilangan. gazeta.uz »

2024-12-16 10:06