Ðåçóëüòàòîâ: 701

O‘zbekiston va Slovakiya sanoatda hamkorlik va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Slovakiya tovar ayirboshlashni oshirish, avtomobil qismlarini mahalliylashtirish, turizm va farmatsevtika sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Tomonlar IT startaplari uchun qo‘shma venchur fondini ochish va tashkillashtirilgan migratsiyani yo‘lga qo‘yish ustida ish olib boradi. gazeta.uz »

2025-6-9 12:54

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning Italiya bilan xavfsizlik va iqtisodiyot bo‘yicha hamkorligini kengaytirishga chaqirdi

Prezident “MA-Italiya” sammitida terrorizm va noqonuniy migratsiya bilan kurashda maxsus xizmatlar hamkorligini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Boshqa tashabbuslar: dekarbonizatsiya bo‘yicha ko‘p tomonlama platforma ishga tushirish, Italiya kompaniyalarini vodorod loyihalari va YeIga yashil energiya eksportiga jalb qilish. gazeta.uz »

2025-5-30 18:22

O‘zbekiston va YUNISEF bolalar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi. Tomonlar bolalarga g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-5-27 16:34

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

Ta’lim vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning valsga tushishi taqiqlanmaganini ma’lum qildi. “Lekin ayrim ota-onalarning haqli e’tirozlarini inobatga olgan holda tadbirlar ssenariylariga tegishli taqiqlovchi talablar kiritilishi mumkin”, - deydi vazirlik. gazeta.uz »

2025-5-13 16:19

O‘zbekiston Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlar huquqlari buzilishi ko‘paygani bo‘yicha xavotir bildirdi

TIV rahbari o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi bilan uchrashuvda muhojirlar huquqlari buzilishi ko‘payib borayotgani yuzasidan O‘zbekiston tomonining xavotirini bildirdi. U O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari buzilishini yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-3 13:48

Markaziy bank so‘rovlarida narxining o‘sishi bo‘yicha go‘sht yetakchilik qilmoqda

O‘zbekiston aholisi orasida sezilayotgan inflyatsiya darajasi mart oyida 14,3 foizgacha pasaydi. Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari eng ko‘p oshgan mahsulotlar ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi - respondentlarning 64 foizi bu mahsulotlar narxining oshganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-1 08:12

Prezident kichik AES qurish loyihasini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezidentga energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. 2026-yil oxirigacha tadbirkorlar tomonidan 3 mingga yaqin kichik GES qurilish reja qilingan. Shavkat Mirziyoyev kichik AES qurilishi bilan bog‘liq tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zatom” rahbari. gazeta.uz »

2025-4-22 10:46

O‘zbekiston va Jahon banki barqaror landshaftlarni tiklash bo‘yicha 153 mln dollarli loyihani ishga tushirmoqda

Samarqandda o‘tgan iqlim forumida Ekologiya vazirligi va Jahon banki “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasiga start berdi. Uni moliyalashtirish uchun 153 mln dollar ajratiladi. Uning maqsadi degradatsiyaga uchragan hududlarda o‘rmonlar maydonini ko‘paytirish va yashash sharoitlarini yaxshilashdir. gazeta.uz »

2025-4-6 23:00

Prezident jamiyatda umummilliy totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga oid qaror imzoladi. Hujjat bilan chet eldagi o‘zbekistonliklarning muloqoti ko‘rinishida Uz Global Think forumi o‘tkaziladi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari qo‘mitasi tashkil etiladi. gazeta.uz »

2025-3-24 08:56