Ðåçóëüòàòîâ: 701

O‘zbekiston va Britaniya tashqi ishlar vazirlari hamkorlik bo‘yicha 2 ta hujjatni imzoladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »

2024-4-23 12:27

“Biz o‘zbek-tojik ittifoqchiligini chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga intilishimizni tasdiqladik” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida shunday dedi: “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik”. gazeta.uz »

2024-4-18 17:02

O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi. gazeta.uz »

2024-4-3 23:21

Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi

Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2024-3-30 20:53

AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”

“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi. gazeta.uz »

2024-3-27 12:27

Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi. gazeta.uz »

2024-3-20 18:38

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?

O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim yilda axborot berishini nazarda tutadi. Asosiy ma’lumotlar. gazeta.uz »

2024-3-18 12:23

Xitoylik investorlar renovatsiya dasturi bo‘yicha Toshkentning Oqtepa massivida ko‘p qavatli uylar quradi

Xitoylik investorlar Toshkentning Oqtepa massividagi eski ikki qavatli turar joylar o‘rnida ko‘p qavatli uylar quradigan renovatsiya dasturini amalga oshiradi. Buning uchun budjet mablag‘laridan foydalanmagan holda 360 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etiladi. gazeta.uz »

2024-3-13 12:28

Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

O‘zbekistonlik diplomatlari va Buyuk Britaniya biznes va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Luis Kolvell o‘rtasidagi muzokaralarda Britaniya tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi qadamlarini olqishlab, bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. gazeta.uz »

2024-3-11 16:01

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi

“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klub huquqshunoslari Rivaldo va Denilsonga qariyb 9,2 mln yevro to‘lash bo‘yicha FIFA qarorini yumshatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarzni to‘lash masalasini klub rahbariyati, ya’ni “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hal qiladi. gazeta.uz »

2024-2-27 15:04

Toshkentda 12 yoshli o‘quvchining to‘p tegib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Oktabrda Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsida 12 yoshli bola koptok tegib, vafot etgani yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha kun avval shu maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgandi. gazeta.uz »

2024-2-21 10:34

Toshkent bir muddat havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi

Toshkent chorshanba tongida havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoridan yana joy oldi. Ichkaridagi datchiklar ham yuqori darajadagi ifloslanishni ko‘rsatdi. Buning sabablari ob-havo sharoiti, mazutdan foydalanishning ko‘payishi va qor yog‘ishi paytida ko‘chalarga tuproqli aralashmalar sepilgani bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »

2024-2-21 09:31