Ðåçóëüòàòîâ: 701

Vazirlarda raqamlashtirish va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar paydo bo‘ladi — Davaktiv rahbari

2025-yil O‘zbekistonda barcha sohalarga xususiy sektorni jalb qilish yili bo‘ladi, dedi Davaktiv rahbari Akmalxon Ortiqov prezidentga tayanib. Unga ko‘ra, davlat rahbari vazirlarning raqamlashtirish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash bo‘yicha topshiriqlar bergan. gazeta.uz »

2024-10-18 17:53

Antikorrupsiya agentligi hokimlarning yopiq qarorlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi

Hokimlar imzolayotgan qarorlarning 30 foizdan ortig‘i noqonuniy ravishda yopiq holda qabul qilinmoqda. Ularning ko‘pi davlat xaridlari va budjet mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq. Akmal Burxanovga ko‘ra, bunday holatlarga qarshi kurash uchun agentlik bir qator tashkilotlar hamkorligida takliflar ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-10-17 14:02

«1 mln dollar katta miqdor emas». Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. «Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi», - dedi u. gazeta.uz »

2024-10-15 15:34

O‘zbekistonda 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yilgacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi. Prezident qurilishdagi o‘zgarishlardan orqada qolmaslik uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish kerakligi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2024-9-23 16:05

23-sentabrdan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

23-sentabr kuni soat 09:00 dan maqsadli parametrlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Shuningdek, endi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2024-9-17 16:14

Toqayev Braziliya va Xitoyning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, urushning yanada avj olishi “tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib keladi, “qo‘shni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak”. gazeta.uz »

2024-9-16 19:55

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadada ilk mag‘lubiyatga uchradi, qizlar esa g‘alabali yurishni davom ettirmoqda

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2024-9-15 12:20

O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston HHK havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida havo mudofaasi vositalaridan birgalikda foydalanish, shuningdek, jangovar ekipajlarning qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-9-13 18:18

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi. gazeta.uz »

2024-9-13 13:04

Toshkentda Urbanizatsiya, arxitektura va dizayn bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo urban-forumida xorijlik me’mor, urbanist va dizaynerlar yig‘iladi. Ular shaharlarni kengaytirish va u bilan bog‘liq ekologik muammolarni muhokama qiladi. Ushbu masalalardagi takliflar davlat organlariga taqdim etiladi. Forumda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin. gazeta.uz »

2024-9-9 09:54