Ðåçóëüòàòîâ: 701

O‘zbekiston oxirgi bir yilda iqtisodiy o‘sish tezlashishi bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ortda qoldi

2025-yilning 1-yarmida O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,6 foiz bandga tezlashib, 7,2 foizga yetdi. Ayni shu davrda Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 3,6 foiz bandga (11,7 foizga yetdi), Qozog‘istonda 3 foiz bandga (6,2 foiz), Tojikistonda esa 1,9 foiz bandga (8,1 foiz) tezlashdi. gazeta.uz »

2025-8-6 12:56

Senat qurilishlarni tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yubordi

O‘zbekiston Senati Vazirlar Mahkamasiga qurilishlarni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan parlament so‘rovi yubordi. Unda ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarda o‘zboshimchalik bilan qurilish qilinayotgani va umumiy foydalanish joylarini to‘sib olish kabi holatlar muammo sifatida qayd etilgan. gazeta.uz »

2025-8-2 10:05

O‘zbekistonda ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar pasporti tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, BHMning 60 baravarigacha miqdordagi ijtimoiy yordam “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-7-29 10:10

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat yo‘lladi. U korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turganini ta’kidladi va bu bo‘yicha murojaat uchun qisqa raqam va Telegram bot qoldirdi. gazeta.uz »

2025-7-25 13:41

Uy to‘lovlari bo‘yicha qarzlarni soddalashtirilgan tartibda undirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda BSKlar foydasiga kvartira to‘lovlari va jismoniy shaxslarning BHMning 5 baravarigacha bo‘lgan qarzlari uchun soddalashtirilgan undiruvni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Mablag‘lar banklardagi hisobvaraqlardan masofadan turib, mol-mulkni xatlamasdan yoki qarzdorning uyiga bormasdan yechib olinadi. gazeta.uz »

2025-7-23 08:45

“Murod Nazarovning daraxt kesishda qo‘llayotgan yondashuvlari bo‘yicha taftish o‘tkazish zarur” — Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning “daraxtlar banki” taklifini mavjud moratoriyga alternativ bo‘la olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, vazirlik tadbirkorning daraxt kesishda qo‘llayotgan yondashuvlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘liq taftish o‘tkazilishi kerakligini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-7-19 12:35

Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda

Xitoy O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda Milliy statqo‘m. 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi 16,6 mingdan ortiq korxona ro‘yxatga olingan - o‘tgan yilga nisbatan 20% ko‘p. gazeta.uz »

2025-7-14 17:01

“Prezidentdan yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar oldik” — Avtoyo‘l rahbari

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunovning aytishicha, prezident topshirig‘i bilan 4000 km lik respublika yo‘llari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. “Dastur doirasida qayerda ikki pog‘onali chorrahalar, qayerda tunnellar, qayerda yerosti va yerusti o‘tish joylari qurilishi aniqlanadi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-7-10 18:57

“Binodan binogacha”. Toshkentda ko‘chalarni yagona dizayn-kod bo‘yicha ta’mirlash boshlanadi

Toshkent ko‘chalari bino fasadlari, trotuarlar va yashil maydonlarni qoplab olgan holda, “binodan binogacha” yagona dizayn-kod bo‘yicha ta’mirlanadi, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. Yangi standartlarda piyoda va velosipedchilar xavfsizligiga ustuvor ahamiyat beriladi, ta’kidladi “Yangi Toshkent” direksiyasi rahbari. gazeta.uz »

2025-7-10 23:39

O‘zbekiston U23 terma jamoasi kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritdi

Vetnamda kurash bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonliklar yunon-rum kurashi bo‘yicha uchinchi, erkaklar o‘rtasida erkin kurashda to‘rtinchi, ayollar o‘rtasida beshinchi o‘rinni egalladi. gazeta.uz »

2025-6-24 09:27

Respublika bo‘yicha ko‘plab avtobus bekatlari talablarga javob bermaydi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab 2800 ta avtobus bekatlarini tanlanma usulida tekshirib, ularning ko‘pchiligida yorug‘lik, belgilar, panduslar va boshqalar yo‘qligini aniqladi. Qo‘mita yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Transport vazirligi va hokimliklarga ko‘rsatmalar yubordi. gazeta.uz »

2025-6-18 09:51