50 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi qaytish bileti yo‘qligi sabab Makkada qolib ketdi
Sayyohlik firmasi orqali Umra ziyoratiga kelgan 50 nafar o‘zbekistonlik Makkada vatanga qaytish uchun aviachiptalarsiz qolib ketgan. Bosh konsulxona aralashuvidan keyin sayyohlik firmasi tomonidan aviachiptalar xarid qilingan, ziyoratchilar 17-sentabr kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan. gazeta.uz »