Inversiya sabab havo ifloslanishi 17-yanvargacha davom etadi — Ekoqo‘mita
O‘zbekistonda inversiya hodisasi tufayli havoning ifloslanishi 16−17-yanvargacha davom etishi mumkin. Ekoqo‘mitaga ko‘ra, o‘nlab korxonalar va avtotransportlarga nisbatan choralar ko‘rildi. Vaziyat keyingi hafta oxirida, yog‘ingarchilik va shamol kuchayishi bilan normallashishi prognoz qilinmoqda. gazeta.uz »