Ðåçóëüòàòîâ: 445

Toshkentda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti binolari 886,6 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining o‘quv binolari 886,6 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yildi. Xaridor obyekt negizida xususiy ta’lim muassasasi tashkil etishi kerak bo‘ladi, obyektning o‘zi esa universitet Yangi Toshkentga ko‘chirilganidan keyin topshiriladi. gazeta.uz »

2026-6-23 13:41

Fuqarolarni aldab, ularning 1,7 mlrd so‘m va 95 ming dollari hamda mol-mulkini o‘zlashtirgan soxta prokuratura xodimi ushlandi

O‘zini Bosh prokuratura xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u bir nechta fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning 95 ming dollar, 1,7 mlrd so‘m pullari, avtomashina hamda tilla taqinchoqlarni firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan o‘zlashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-19 15:42

Toshkentdagi “Issiqlik elektr stansiyalari” binosi 191,5 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasining “Bunyodkor” stadioni ro‘parasidagi ofis binosi E-auksion orqali 191,5 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yildi. Xaridor obyektni IES Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tganidan keyin, ammo sotib olinganidan boshlab uzog‘i uch yil ichida qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-6-3 13:35

O‘zbekistonda yoshlarga biznes boshlash uchun 2 mlrd so‘mgacha kredit beriladi

O‘zbekistonda biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari hamda yoshlarga 2 mlrd so‘mgacha, talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlariga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. gazeta.uz »

2026-6-3 13:25

Andijon viloyatida Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura departamenti Andijon viloyatida keshbek sifatida to‘langan 35,1 mlrd so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar uch fuqaro nomiga 9 ta kompaniya ochib, 1,1 trln so‘mlik tovar yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-2 10:47

UzSungwoo avtokomponentlar ishlab chiqaruvchisidagi 50% davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi

Roodell O‘zbekistonda Chevrolet avtomobillari uchun shtamp-payvandlangan detallar ishlab chiqaruvchi UzSungwoo korxonasidagi 50 foizlik davlat ulushini sotib oldi. Auksion 24 daqiqa davom etdi. Bitim summasi 585,82 mlrd so‘mni (49 mln dollar) tashkil etdi - bu boshlang‘ich narxdan 50% ga yuqori. gazeta.uz »

2026-6-2 09:47

O‘zbekiston Yangi taraqqiyot banki uchun 4,5 mlrd dollarlik loyihalar tayyorladi — ular orasida transport, AES va Yangi Toshkent loyihalari ham bor

O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankidan moliyalashtirishni jalb etish uchun 4,5 mlrd dollarlik loyihalar portfelini shakllantirdi. Ushbu mablag‘larni transport, energetika, jumladan, AES va Yangi Toshkent loyihalari, shuningdek, ijtimoiy soha, banklar va sanoat zonalarini rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-22 15:19

YeTB O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi va 2031-yilgacha 1,5 mlrd dollargacha investitsiya kiritmoqchi

Yevroosiyo taraqqiyot banki Toshkentda vakolatxonasini ochdi va 2031-yilga qadar O‘zbekistonga 1,5 mlrd dollargacha investitsiya kiritmoqchi. Ochilish marosimida bank dastlabki kelishuvlarni imzoladi, jumladan, Uzum fintex-kompaniyasiga 70 mln dollar miqdorida kredit ajratilishi bo‘yicha bitim tuzildi. gazeta.uz »

2026-5-19 12:30

AMEA Power O‘zbekistonda 1,3 mlrd dollarlik energiya saqlash moslamalari va shamol elektr stansiyasi quradi

BAAning AMEA Power kompaniyasi O‘zbekistonda yangi energetika loyihalarini amalga oshirishga kirishdi. Toshkentda quvvati 150 MVt bo‘lgan energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi, Qoraqalpog‘istonda 1000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi, Buxoroda esa yana bir energiya saqlash moslamasi qurish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-14 13:51

Shavkat Mirziyoyev va OTB prezidenti 12,5 mlrd dollarlik yangi sheriklik dasturini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik yangi strategik sheriklik dasturi muhokama qilindi. U ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va “yashil” energetikani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-3 18:40

OTB Osiyoda energiya tarmoqlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga 70 mlrd dollar ajratadi

OTB Samarqandda 2035-yilgacha 70 mlrd dollarlik ikki tashabbus boshlanganini e’lon qildi. Mablag‘lar energiya tizimlarini birlashtirish, transchegaraviy elektr savdosini rivojlantirish, raqamli koridorlar, data markazlar va mintaqada internetdan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-3 18:28

O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident iqtisodiyotning energetikaga yuqori darajada bog‘liqligi sharoitida gidroenergetikani rivojlantirishni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Hukumat energiya tizimining barqarorligini oshirish maqsadida gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-5-1 12:53

O‘zbekiston va Chexiya tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish va Toshkent-Praga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Toshkentdagi muzokaralarda O‘zbekiston va Chexiya rahbarlari tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish, texnologik kooperatsiya dasturini, shu jumladan, geologiya va muhim xomashyo sohalarida tayyorlash, shuningdek, poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashni kelishib oldilar. gazeta.uz »

2026-4-30 12:15

Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

O‘zbekistonda kitob savdosini rag‘batlantirish maqsadida oyiga 10 ming donadan ortiq kitob sotgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi. Shuningdek, turizm, gastronomik, yoshlar sayilgohi va savdo-servisga ixtisoslashgan ko‘chalarda kutubxonalar va book cafe’lar tashkil etish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-23 17:50

“Marrani Seul miqyosida olamiz”. Toshkent hokimi — 1 mlrd dollarlik fond va yangi iqtisodiy strategiya haqida

Toshkentda eksportni oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan “favqulodda holat rejalari”ni amalga oshirish uchun 1 mlrd dollarlik fond tashkil etilmoqda, dedi shahar hokimi. Unga ko‘ra, shahar tabiiy resurslarsiz ham yuqori rivojlanishga erishgan Seul darajasini marra qilib olishni reja qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-20 15:18

IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari 186 mlrd so‘m to‘lagach, garov evaziga ozodlikka chiqdi — huquq himoyachisi

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va 186 mlrd so‘m ($15,3 mln) o‘zlashtirishda gumonlanayotgan yana 6 nafar mansabdor shaxs qamoqdan ozod etildi. Huquq himoyachisiga ko‘ra, general-mayorning qarindoshlari zararni naqd pulda to‘liq qoplaganidan so‘ng, ular garov evaziga qo‘yib yuborilgan. gazeta.uz »

2026-4-17 16:55