Ðåçóëüòàòîâ: 461

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

RISE Research tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2023-yili yarim mln fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, kriptoindustriyadagi provayderlarning aylanmasi esa mlrd dollardan oshgan. gazeta.uz »

2024-12-3 15:35

O‘zbekistonga xorijdan 10 oyda 12,6 mlrd dollar jo‘natilgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 34 foizga ko‘p

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 12,6 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ko‘paydi. Pul o‘tkazmalari AQShdan 37 foizga, Janubiy Koreyadan 71 foizga, Buyuk Britaniyadan 76 foizga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga o‘sgan. gazeta.uz »

2024-11-30 09:07

Xitoylik investorlar Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 mlrd dollar investitsiya kiritmoqchi

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid rejalarga ko‘ra, kelasi yilda 425 ming aholini ishli qilib, 320 mln dollar eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, xitoylik investorlar mis va kumush konlariga investitsiya kiritish orqali ikki ming ish o‘rni yaratishni taklif qilmoqda. gazeta.uz »

2024-11-23 21:31

2025-yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda

2025-yilda davlat nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda. Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. gazeta.uz »

2024-10-29 13:34

2025-yilda daraxt ekish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi, daraxt parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi

2025-yilda “Yashil makon” ko‘chat ekish loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, dedi prezident. Endi daraxtlarni 3 yil parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi va 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2024-10-23 01:05