Ðåçóëüòàòîâ: 461

Surxondaryo va Farg‘onada tadbirkorlar energiya zaxirasiga qariyb 2,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida savdo binosi egasi hisoblagichni o‘zgartirish yo‘li bilan 1,3 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatdi. Farg‘ona shahrida ham tadbirkor oshxonasidagi nosoz gaz hisoblagich orqali 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi. gazeta.uz »

2025-2-13 01:34

Jizzaxda tadbirkor rudadan rangli metall ajratish uchun 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqaro rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, 1,35 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Avvalroq birgina 2024-yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroji haqida xabar berilgandi. gazeta.uz »

2025-2-7 22:17

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport hajmi 4 mlrd dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni bilan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjatda mahsulotlar eksportini 2025-yilda 4 milliard dollarga yetkazish asosiy maqsadli ko‘rsatkichlardan biri sifatida belgilangan. gazeta.uz »

2025-1-22 09:09

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 30 foizga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga hamda YeIdan 32 foizga oshdi. gazeta.uz »

2025-1-20 13:35