Ðåçóëüòàòîâ: 461

“Asakabank” 2024-yilda tadbirkorlikni rivojlantirishga 2,1 mlrd dollar, BRB esa 1,5 mlrd dollar jalb qilmoqchi

“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident. gazeta.uz »

2024-5-30 07:28

Mirziyoyev va Putin tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida mamlakatlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazish, gaz tashish tizimini modernizatsiyalash, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish va boshqalar bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-5-27 16:01

1,5 mlrd dollar: O‘zbekiston jahon moliya bozorlariga navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqardi

O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Obligatsiyalardan tushgan mablag‘ Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2024-5-22 11:42

“Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasi haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov budjet taqchilligi sharoitida “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m, “Bobolarim” kino-klipiga esa 2,7 mlrd so‘m ajratilganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, boshqa sohalarni bo‘lgani kabi san’at va madaniyatni ham qo‘llab-quvvatlash kerak. gazeta.uz »

2024-5-22 08:19

Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi

Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi. gazeta.uz »

2024-5-21 15:27

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda. gazeta.uz »

2024-5-13 15:00

O‘zbekiston 2024-yilda Rossiyaning 5 mlrd dollarlik sarmoyasini o‘zlashtirmoqchi

2023-yilda O‘zbekistonda 3 mlrd dollarga yaqin Rossiya sarmoyasi o‘zlashtirildi, 2024-yilda buni 5 mlrd dollarga yetkazish kutilmoqda. “Vazifani bemalol bajarsa bo‘ladi… Loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishda nostandart yondashuvni ta’minlash topshirig‘i berildi”, - dedi ISSV rahbari Laziz Kudratov. gazeta.uz »

2024-5-12 21:22

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon yana 2,37 mlrd dollarga kamaydi, mablag‘ning bir qismi yevrobondlarni to‘lashga yo‘naltirildi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2,37 mlrd dollarga qisqarib, 32,2 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yil sentabridan beri eng kam ko‘rsatkich. Oltinning fizik hajmi o‘zgarmagan, ammo oltin va valyuta zaxiralarining qiymati pasaygan. gazeta.uz »

2024-3-11 18:05