Ðåçóëüòàòîâ: 461

O‘zbekistonda qariyb 6 oyda 19 ming fuqaro uchun 32,5 mlrd so‘mlik protez va reabilitatsiya vositalari berildi

Salkam yarim yilda 19 ming nogironligi bo‘lgan va nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez va reabilitatsiya vositalari uchun 32,5 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, fuqarolarga 30 turdagi mahsulot elektron vaucher shakllantirish orqali berilmoqda. gazeta.uz »

2024-9-26 13:31

Bekobodda ferma mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Toshkent viloyatida ferma mansabdorlari chorva mollari importi uchun bankdan 1 mlrd 680 mln so‘m kredit, davlat jamg‘armasidan esa 116 mln so‘m subsidiya olgan. Ular bankka ko‘rsatilgan biznes rejaga amal qilmay, mollarni sotib yuborgan va kreditni o‘zlashtirgan. Ferma va bank mansabdorlari tergov qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-7-19 17:39

To‘qimachilik va yog‘ klasterlari narxlarni sun’iy oshirib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun’iy oshirilganini aniqladi. Ular mahsulotlarni birjaga joylashtirish qoidalarini buzib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgan. Klasterlarga nisbatan ish ochildi. gazeta.uz »

2024-7-12 18:49

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida yashirin tunnel aniqlanib, jinoiy guruh a’zolaridan Hindistonda chiqarilgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi. Uzunligi 310 metr bo‘lgan tunnelda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuk arava va arqonlar borligi aniqlandi (+ video). gazeta.uz »

2024-7-3 09:13