Ðåçóëüòàòîâ: 1290

O‘zbekistonda strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimi joriy etilmoqda. Tafsilotlar

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga aylantirildi. 1-noyabrdan boshlab mamlakatda “maqsad - harakat - natija” tamoyiliga asoslangan strategik rejalashtirish tizimi joriy etiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash yangi vakolatlarga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-11-4 17:49

O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda sintetik narkotiklar ishlab chiqarish va tarqatish ortmoqda - ular yashirin laboratoriyalarda tayyorlanib, internet orqali sotilmoqda. Prezident bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, 2027-yilgacha mo‘ljallangan narkojinoyatlarga qarshi kurashish milliy dasturini ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-11-3 16:10

O‘zbekistonda Belgrad universiteti filialini ochish rejalashtirilmoqda

Belgrad universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov. Bundan tashqari, Novi-Sad universiteti bilan ham qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-11-3 13:50

O‘zbekistonda AI startaplarini qo‘llab-quvvatlashga yana $100 mln yo‘naltiriladi

2026−2027-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap va ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha $100 mln ajratiladi. Mablag‘lar davlat tizimida AI yechimlarini joriy etish va venchur jamg‘armalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-11-1 21:34

O‘zbekistonda 6 oyda 3,7 mingta holatda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llanilgan

O‘zbekistonda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llangani uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunga bunday amaliyot ko‘p uchrashi va bu uchun jazo yo‘qligi sabab qilib keltirilmoqda. Xususan, 2024-yilda tadbirkorlarga 5280 marta, 2025-yilning 6 oyida esa 3755 marta asossiz jarima qo‘llanilgan. gazeta.uz »

2025-10-31 09:12

O‘zbekistonda qarz oluvchilar uchun cheklistlar joriy etiladi, banklarga kredit shartnomalariga yashirin “katakchalar” qo‘shish taqiqlandi

Banklarga mijozlarga kredit risklari haqida cheklistlar taqdim etish hamda majburiy opsiyalar va avtoto‘ldiriladigan maydonchalar amaliyotiga barham berish majburiy bo‘ldi. Ijtimoiy nafaqa qarzlarini hisobdan chiqarish, so‘ralganidan ortiqcha kredit taklif qilish, to‘lovlarni oldinroq undirish ham taqiqlandi. gazeta.uz »

2025-10-30 19:41

O‘zbekistonda Meta, Apple, Google va boshqa kompaniyalar 9 oyda qariyb 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning 9 oyida 124,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 44 foizga ko‘p. Soliqlarning 93 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-10-29 07:51

O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Bir qancha xorijiy kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun zarur butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurish rejalashtirilgan. Zomin tumanida shamol parraklarini, Qo‘ng‘irot tumanida shamol elektr stansiyasi minorasini ishlab chiqaruvchi zavodlarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-28 15:45

O‘zbekistonda 27-oktabr — 2-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? Gazeta sharhi

Dushanba kechki payt Qoraqalpog‘istonda, seshanbada esa Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilyapti. Hafta boshida cho‘llarda kuchli shamol va chang to‘zonlar bo‘lishi, hafta davomida harorat foni juda yuqori qolishi aniq bo‘lmoqda. gazeta.uz »

2025-10-27 07:34

O‘zbekistonda mintaqaviy sun’iy yo‘ldosh internet habi paydo bo‘ladi — Sherzod Shermatov

Raqamli texnologiyalar vaziri Yevropaning SES provayderi bilan O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internet habini yaratish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, tizim nafaqat mamlakatning chekka hududlari, balki qo‘shni davlatlar bilan ham yuqori tezlikdagi aloqani ta’minlaydi. gazeta.uz »

2025-10-25 19:03

Belgiyaning Ahlers Logistics’i O‘zbekistonda logistika markazlari tashkil etishga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston transport vaziri Bryusselda Ahlers Logistics ijrochi direktori bilan uchrashib, mahalliy kompaniyalar hamkorligida zamonaviy logistika markazlari tashkil etish masalasini muhokama qildi. Avvalroq bu kompaniya Toshkent yaqinida omborxona majmuasi yoki logistika terminali qurishga qiziqish bildirgandi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:44

O‘zbekistonda erta ta’lim sohasida Markaziy Osiyodagi birinchi Tadqiqot va innovatsiyalar markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda YUNISEF va Fondazione Reggio Children ko‘magida Erta ta’lim bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot va innovatsiya markazi tashkil etildi. Markaz bola shaxsiga yo‘naltirilgan sifatli ta’limni rag‘batlantiradi va bola hayotining dastlabki yillarida tanqidiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:15

“Eng samarali jazo — umrbod qamoq”. Ekspertlar — O‘zbekistonda pedofillarga qanday jazo tayinlash kerakligi haqida

Namangan va Toshkent viloyatlarida ikki qizchaga qilingan jinsiy zo‘ravonlikdan so‘ng pedofillarga og‘ir jazo tayinlash masalasi yana kun markaziga chiqdi. Tarmoq foydalanuvchilari o‘lim jazosini qaytarish, kastratsiya qilish, umrbodga qamashni ilgari surmoqda. Gazeta bu borada ekspertlar fikriga qiziqdi. gazeta.uz »

2025-10-22 15:49

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etishda sun’iy intellektdan foydalaniladi

Prezident farmoni bilan favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish sohasiga sun’iy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalar keng joriy etiladi. Shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish konsepsiyasi doirasida davlat siyosatining vazifalari belgilandi. gazeta.uz »

2025-10-21 11:23

O‘zbekistonda davlat loyihalarida mahalliy elektrotexnikadan foydalanish bo‘yicha yangi talablar joriy etilmoqda

Davlat loyihalarida mahalliy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha majburiy ulush belgilanadi: kabel va transformatorlar uchun 70%, nasoslar - 50%, boshqa elektrotexnika - 30%. Mis mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga 100 mln dollar ajratiladi va OKMKdan mis sotib olishda imtiyoz muddati uzaytiriladi. gazeta.uz »

2025-10-21 10:32

Jahon banki O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun $800 mln kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollarli imtiyozli kreditlarni ma’qulladi. Kam ta’minlanganlarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lovini 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mga oshirish, ayollarni ish joyida tazyiq va kamsitishlardan himoyalash, telekommunikatsiya shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-10-16 12:02