Ðåçóëüòàòîâ: 1378

O‘zbekistonda ikkita kichik AES reaktori qiymati $1 milliardga baholanmoqda — SSP rahbari o‘rinbosari

Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi loyihasining birinchi bosqichi - har biri 55 MVt bo‘lgan ikkita kichik reaktor qurilishi 1 mlrd dollarga baholanmoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida ushbu loyiha mahalliy korxonalar mahsulotlariga va qo‘shimcha tarmoqlar xizmatlariga katta talab yaratishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-21 14:08

O‘zbekistonda xorijiy neft-gaz kompaniyalari majburiyatlarni bajarayotgani tekshirilmoqda

O‘zbekistonda neft-gaz sohasidagi xorijiy kompaniyalar va qo‘shma korxonalar tomonidan litsenziya shartlari hamda loyiha hujjatlari qanday bajarilayotgani o‘rganilmoqda. “O‘zbekneftgaz” bosh geologiga ko‘ra, geologik-qidiruv ishlari bo‘yicha majburiyatlar va qazib olish ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. gazeta.uz »

2026-4-20 20:51

O‘zbekistonda ko‘ngilli qutqaruvchilar guruhlari tashkil etiladi, ularga FVV akademiyasiga kirishda imtiyoz beriladi

O‘zbekistonda volontyorlar va ko‘ngilli qutqaruvchilar “Favqulodda vaziyatlar volontyori” jamoatchilik guruhlariga jalb etiladi. Ularga berilgan tavsiyanoma asosida FVV akademiyasiga o‘qishga kirishda o‘zlari to‘plagan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-20 07:48

Kolonka. O‘zbekistonda bolalar adabiyotini rivojlantirishda xalqaro mukofotlar laureatlari asarlarini tarjima qilish nega muhim?

Hans Kristian Andersen nomidagi xalqaro mukofotning 2026-yilgi g‘oliblari bolalar yozuvchisi Maykl Rozen (Buyuk Britaniya) va illyustrator Say Gao (Xitoy) bo‘ldi. Yozuvchi Dinara Mo‘minova ushbu voqeaning ahamiyati, sovrindorlar kitoblarini o‘zbek tiliga tarjima qilish nima uchun zarurligi xususida so‘z yuritadi. gazeta.uz »

2026-4-20 21:42

O‘zbekistonda 18 yoshdan katta chuqur aqliy zaif shaxslarni parvarishlovchilarga oylik nafaqa to‘lanadi

Prezident ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan 18 yoshdan katta chuqur aqliy zaif shaxslarning parvarishlovchilari uchun oylik nafaqa to‘lash, rivojlanishida nuqsonli bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2026-4-17 19:36

XVJ yana O‘zbekistonda aksiz soliqlarini oshirish va soliq imtiyozlarini qisqartirishni taklif qildi

XVJ O‘zbekistonga aksiz soliqlarini oshirish va ayrim soliq imtiyozlaridan voz kechishni tavsiya qildi. Jamg‘armaga ko‘ra, bu choralar budjetga YAIMning bir necha foizigacha qo‘shimcha daromad keltirishi hamda aholining ta’lim, tibbiyot va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-14 19:36

O‘zbekistonda 2025-yilda uy-joy ijarasi 8,3% ga oshdi, Toshkentda esa yer arzonladi — Markaziy bank

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ijara stavkalari dollar hisobida 8,3% ga oshdi. Toshkentda yer uchastkalari narxi 9,4% ga arzonlab, bir sotix uchun 319 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank buni shahar chekkasidagi yer uchastkalari ulushi ortgani va markaziy tumanlarda taklif qisqargani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-4-13 13:52

O‘zbekistonda 2027-yildan davlat granti asosida o‘qitish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekistonda davlat granti asosida ta’lim olayotgan 1 nafar talabani o‘qitish xarajatlari miqdorini shakllantirish tartibi o‘zgaradi. Unda professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha talabalar soni nisbati, ta’lim sohasi murakkabligi va oliy ta’lim tashkilotining maqomi inobatga olinadi. gazeta.uz »

2026-4-13 09:11

O‘zbekistonda jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Deputatlar jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar va odam o‘limiga sabab bo‘ladigan ayrim ishlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish haqidagi qonunni qabul qildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni nomusiga tegishda ayblangan mahbuslarni manzil-koloniyalarga o‘tkazmaslik ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-11 09:26

O‘zbekistonda ekstremistik jinoyatlar ro‘yxati kengaytiriladi va unga “norasmiy tashkilotlar” ham kiritiladi

Deputatlar ekstremistik jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Shuningdek, “norasmiy tashkilotlar”ni ekstremistik deb topish mexanizmini joriy etish va sohadagi javobgarlikni qisman liberallashtirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-10 17:39

O‘zbekistonda avtotransport egalari jarimalarni amaldagi haydovchiga qanday o‘tkazishi mumkin?

1-apreldan YAIDXP orqali yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun javobgarlikni amaldagi haydovchiga masofadan biriktirish xizmati ishga tushirildi. Avtomobil egasi portal orqali ariza berishi kerak, shunda kameralar qayd etgan jarimalar rulda bo‘lgan shaxsga rasmiylashtiriladi. Xizmat pulli. gazeta.uz »

2026-4-10 12:17

Odam savdosi va jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotgan, O‘zbekistonda tantanali kutib olingan Endryu Teyt haqida nimalar ma’lum? Obzor

Odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya va zo‘ravonlikda ayblanayotgan Endryu Teyt, shuningdek, uning ukasi Tristan Teytning O‘zbekistonda tantanali kutib olinishi jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘ldi. Gazeta Endryu Teyt shaxsi hamda aka-ukalarga e’lon qilingan ayblovlar bo‘yicha obzor tayyorladi. gazeta.uz »

2026-4-9 05:52

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha murojaatlarning asosiy qismi ish sifati va uylar muddatida topshirilmagani bilan bog‘liq

2025-yil va 2026-yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasi yangi uylar sifati va ularning o‘z muddatida topshirilmasligi bilan bog‘liq 2057 ta murojaatni ko‘rib chiqqan. Shikoyatlarning 74,3 foizi qanoatlantirilgan, qo‘mita fuqarolarga qariyb 24,4 mlrd so‘mni qaytarishga yordam bergan. gazeta.uz »

2026-4-8 14:15

O‘zbekistonda futbol o‘yinlari vaqtini o‘zgartirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish ko‘zlanmoqda

Prezident futbol o‘yinlarini kechki payt va dam olish kunlariga ko‘chirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sportni daromad keltiradigan tarmoqqa aylantirish maqsadida stadionlar atrofida xizmatlarni rivojlantirish va muxlislar uchun maxsus turpaketlar yo‘lga qo‘yish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-4-8 09:39

P2P o‘tkazmalar monitoringi va markirovka. O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi qanday kurashiladi

O‘zbekistonda soliq tushumlarini oshirish maqsadida raqamli tahlil, sun’iy intellekt va “aqlli” nazorat tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu yil hukumat P2P tranzaksiyalari monitoringi, markirovka va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hisobiga qo‘shimcha 30 trillion so‘m tushum olishni ko‘zlamoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 17:24

Mart oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 0,6 foizgacha sekinlashdi. Tovar va xizmatlar narxlari qanday o‘zgardi?

Martda O‘zbekistonda inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi, narxlarning yillik o‘sishi 7,1 foizgacha sekinlashdi. Oziq-ovqat narxlari boshqa tovarlar narxlariga nisbatan tezroq o‘sishda davom etmoqda: kartoshka 9,8 foizga, tuxum 2,1 foizga, go‘sht 1,8 foizga, shakar 1,7 foizga, o‘simlik yog‘i esa 0,9 foizga qimmatlashdi. gazeta.uz »

2026-4-6 14:28

O‘zbekistonda moliyaviy og‘ir ahvoldagi biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar joriy etilmoqda

Faoliyat yuritmayotgan va tugatilgan kompaniyalar soni ortib borayotgani sabab hukumat to‘lovga qobiliyatsizlik institutini yangilamoqchi. Bunda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tuzish, soha bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish, shuningdek, sanatsiya mexanizmlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-3 18:02

O‘zbekistonda baland binolar, ta’lim va tibbiyot muassasalarini pardozlashda yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlandi

Adliya vazirligi yangilangan yong‘in xavfsizligi talablarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. 28 metrgacha bo‘lgan binolarni pardozlashda faqat yonuvchanlik darajasi past materiallardan foydalanish mumkin. Undan baland binolarda, ta’lim va tibbiyot muassasalarida esa balandligidan qat’iy nazar, ularni qo‘llash taqiqlanadi. gazeta.uz »

2026-4-1 15:28

O‘zbekistonda poyezdlar kechikkani uchun kompensatsiya to‘lash tartibi joriy etilmoqda

Raqobat qo‘mitasi so‘roviga asosan Transport vazirligi temiryo‘l tashish qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra, nafaqat “Afrosiyob”, balki oddiy va tezyurar poyezdlar kechikkani uchun ham yo‘lovchilarga chipta narxining 100 foizigacha miqdorda pul qaytarib berilishi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2026-4-1 08:37

O‘zbekistonda propan import qiluvchilar narxlarni asossiz oshirgani uchun 63 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Raqobat qo‘mitasi gaz tanqisligi davrida birjada narx manipulyatsiyalarini aniqladi. Narxlarni sun’iy ravishda oshirish va o‘zaro kelishilgan harakatlar uchun 31 ta kompaniya jazolandi. 28,9 mlrd so‘mlik jarimalardan tashqari, budjetga 34,1 mlrd so‘m miqdoridagi asossiz daromadni undirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-3-30 13:36