Ðåçóëüòàòîâ: 1378

O‘zbekistonda skuter va mopedlar uchun yangi tartib kuchga kirgach vaziyat qanday? Gazeta o‘rganishi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan moped va skuter haydovchilaridan avtoraqam va haydovchilik guvohnomasini talab qilish boshlandi. Gazeta shu sabab ishga chiqolmayotgan yoki transportini almashtirgan kurerlar bilan suhbatlashdi, avtomaktablar va yetkazib beruvchi kompaniyalardagi vaziyatni o‘rganishga harakat qildi. gazeta.uz »

2025-10-11 12:57

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha yangi tizim yaratiladi

O‘zbekistonda haligacha favqulodda vaziyatlar muhofazasi bo‘yicha kompleks dastur yo‘q, shu sababli ularni oldindan baholab, tezkor va proaktiv ishlaydigan tizim yaratish rejalashtirilmoqda. Prezidentga taqdimotda shu haqda so‘z bordi: profilaktik ishlar mahallalarda bo‘ladi, sohada raqamli infratuzilma yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-8 20:40

Envirol O‘zbekistonda oqova suvlarni tozalash va yog‘larni qayta ishlash loyihasiga 50 mln dollar investitsiya kiritadi

O‘zbekistonda Envirol kompaniyasi (BAA) ishtirokida 50 mln dollarlik oqova suvlarni qayta ishlash loyihasi amalga oshiriladi. Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov ma’lum qilishicha, kompaniya yog‘larni ushlab qoladigan maxsus filtrlar o‘rnatadi va ularni sovun hamda yoqilg‘i sifatida qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2025-10-8 14:28

Enter Engineering O‘zbekistonda AES qurilishiga tayyorgarlik ishlari uchun subpudratchi sifatida tanlandi

Mahalliy Enter Engineering kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun subpudratchi sifatida tanlandi. Kompaniya qurilish ishlariga tanlov asosida jalb etilgan. Hozirda u AES joylashuv maydonida qurilish-montaj bazasini barpo etmoqda. Maosh to‘lash bilan muammo bo‘lmasligi aytildi. gazeta.uz »

2025-10-8 13:24

O‘zbekistonda og‘ir yuk mashinalari va samosvallar uchun alohida raqamlar joriy etish taklif qilinmoqda

2026-yildan vazni 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va ochiq konlarda ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk avtomobillari uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, og‘ir yuk mashinalarining tungi vaqtda yo‘l chetida to‘xtab turishi uchun javobgarlik belgilanishi ham ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-10-3 12:54

Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda 100 mln dollarlik avtozapravka tarmog‘ini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Amerikaning Gulf Oil kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” mamlakat bo‘ylab avtozapravkalar tarmog‘i qurish bo‘yicha memorandum imzoladi. Energetika vaziriga ko‘ra, loyiha 100 mln dollarga baholanyapti. 800 mln dollarlik kompressor stansiyalarini modernizatsiyalash va ko‘mir gazifikatsiyasi loyihalari ham rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-10-3 21:17

O‘zbekistonda tez orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda yaqin orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi. “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev ma’lum qilishicha, “amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarni jamoatchilikka yetkazish uchun” muhokamalarga mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Aholi fikrini hisobga olish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-30 13:41

O‘zbekistonda katta AESning birinchi energobloki 2033-yilda, ikkinchisi esa 2035-yilda ishga tushiriladi

O‘zbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasida birinchi energoblok 2033-yilda, ikkinchisi esa 2035-yilda ishga tushiriladi. Shuningdek, 2029-yilda Jizzax viloyatida kichik AESning birinchi energoblokini ishga tushirish rejalashtirilgan, oradan yana yarim yil o‘tib ikkinchi blok ham faoliyat boshlaydi. gazeta.uz »

2025-9-29 12:17

“Qo‘rqish va qattiq tartibga solishga hojat yo‘q”. Ekspertlar — O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish haqida

Davlat va biznes hamkorligisiz sun’iy intellektni rivojlantirib bo‘lmaydi. Muvaffaqiyat ko‘p jihatdan tartibga solish sifati va infratuzilmaga bog‘liq, deyiladi TBC talks konferensiyasida. Spikerlar SI, ungacha bo‘lgan ixtirolar kabi, yangi imkoniyatlar yaratib, insonlar hayotini osonlashtirishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-9-27 11:42

O‘zbekistonda telekommunikatsiya operatorlariga tashqi internet kanallaridan foydalanishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda xususiy telekom-operatorlarga tajriba tariqasida 2030-yilgacha xalqaro internet kanallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga ruxsat berildi. Buning uchun ular mamlakat hududining kamida 50 foizini qamrab olgan magistral optik tolali tarmoqlarga ega bo‘lishi va boshqa talablarni bajarishi shart. gazeta.uz »

2025-9-19 13:45

O‘zbekistonda oziq-ovqat isrofgarchiligiga qarshi kurash kuchaytiriladi

O‘zbekistonda dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi besh yilligi e’lon qilindi. Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash va isrofgarchilikni kamaytirish, jumladan, do‘konlarda muddati o‘tgan mahsulotlarga chegirma, marosimlarni o‘tkazishda qat’iy qoidalar, chiqindilarni tozalash va qayta ishlash choralari ko‘riladi. gazeta.uz »

2025-9-18 14:39

O‘zbekistonda top-100 talikdagi xorijiy universitetlarning filiallari ochiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limdagi islohotlarning bosh maqsadi - O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va fan xabiga aylantirish ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda dunyo bo‘yicha top-1000 talikka kirgan OTMlar soni o‘ntaga yetadi, top-100 talikdagi oliygohlarning filiallari ochiladi. gazeta.uz »

2025-9-17 10:26