Ðåçóëüòàòîâ: 1294

O‘zbekistonda PPX va profilaktika inspektorlari vakolatlari kengaytirilishi mumkin

O‘zbekiston deputatlari IIVning Patrul-post xizmati va profilaktika xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. PPX xodimlariga ayrim YHQ buzilishlari va metrodan foydalanish qoidalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish huquqi berilishi mumkin. gazeta.uz »

2025-7-16 18:57

“Chigirtka — nazorat qilinadigan hodisa”. O‘zbekistonda bu hasharot bosqiniga qarshi qanday kurashilmoqda?

Bu yil O‘zbekiston yana chigirtkalar bosqiniga duch keldi. Gazeta O‘simliklar karantini va himoyasi mutaxassislaridan vaziyat qanchalik jiddiyligi, zararkunandalarga qarshi profilaktika va kurash qanday olib borilayotgani hamda o‘choqlar yuzaga kelishiga qanday omillar ta’sir qilishi haqida bilib oldi. gazeta.uz »

2025-7-9 17:17

O‘zbekistonda uy-joy boshqaruv organlari yarim yilda salkam 26 mlrd so‘m majburiy badal mablag‘larini o‘zlashtirgan

2025-yilning 6 oyida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlarining 83 tasi qariyb 26 mlrd so‘m miqdordagi majburiy badal mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Qurilish vazirligiga ko‘ra, 158 ta boshqaruv organlariga esa 587 mln so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. gazeta.uz »

2025-7-9 10:34

O‘zbekistonda har yili o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi “Prezident Olimpiadasi” o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazib boriladi. Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-7-9 08:39

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston zargarlik buyumlari eksportini 300 mln dollarga yetkazishni reja qilmoqda. 2028-yilning iyuligacha tarmoq uchun butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Qimmatbaho metallar sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berganlik uchun jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot beriladi. gazeta.uz »

2025-7-7 15:31

IT relokantlarining 80% dan ortig‘i O‘zbekistonda qolishni xohlaydi — so‘rovnoma

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) va IT Park hamkorligida O‘zbekistonga ishlash uchun ko‘chib kelgan IT mutaxassislari uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. Gazeta mamlakatda relokantlar uchun bugun qanchalik qulayligi va qanday masalalarni hal etish zarurligini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-7-3 21:50

O‘zbekistonda arzon kreditda mashina olib berishni va’da qilib, 843 nafar odamni aldagan va 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

O‘zbekiston bo‘ylab 843 nafar odamni aldab, ularning 50,1 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi. Ular vtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganarni 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘radi. gazeta.uz »

2025-6-30 15:21

O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va toshlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda

Deputatlar qimmatbaho metallar va toshlarni noqonuniy olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qolaversa, valyuta tushumlarining bir qismini majburiy sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarimani bekor qilish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2025-6-28 10:42

“Yakuniy qaror qabul qilinmagan”. Pensiya jamg‘armasi — O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha tavsiyalar haqida

Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda yaqin kunlarda pensiya yoshi oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, pensiya islohoti hozirda muhokama jarayonida bo‘lib, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari mamlakat sharoitiga mosligi va ta’siri tahlil qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-6-26 10:39

Eron o‘rniga Pokiston va O‘rta koridor. O‘zbekistonda logistika muammolarini hal qilish bo‘yicha shtab tashkil etildi

Transport vaziri O‘zbekistonda tashqi yuklarning uzluksiz tashilishini ta’minlash, boshqa yo‘llar izlash bo‘yicha shtab tashkil etilganini bildirdi. “Eron orqali muammo bo‘lsa, yuklarni Pokiston portlari orqali yo‘naltirish mumkin”, - dedi u va Eron orqali o‘tadigan Janubiy koridor ahamiyatini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-6-24 12:36

O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlar holatini kuzatishga yordam beradigan geoportal yaratildi

Ijtimoiy sohaga davlat investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha geoportal ishlab chiqildi, uni sentabr oyida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Portal orqali maktablar, poliklinikalar, yo‘llar va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-6-20 14:32

O‘zbekistonda qaysi yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ogohlantirish berish taklif qilinmoqda?

Deputatlar birinchi marta sodir etilgan kichik YHQ buzganlik uchun ma’muriy ogohlantirish (jarima o‘rniga) joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Shuningdek, kamera qayd etoladigan 13 ta qoidabuzarlik ro‘yxatini belgilash taklif qilinmoqda. Unga yo‘l chizig‘ini bosish qo‘shilmagan. gazeta.uz »

2025-6-19 18:17