Ðåçóëüòàòîâ: 1378

O‘zbekistonda ish beruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga yollashda soliqlar 1 foizgacha kamaytiriladi

OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar uchun yosh mutaxassisga to‘lanadigan daromad va ijtimoiy soliqlar stavkasi bir yil muddatga 1 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi hamda “Kafolatlangan birinchi qadam” to‘plamini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-30 14:58

O‘zbekistonda ham 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash reja qilinmoqda

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tarmoqlardan foydalanishini cheklash reja qilinyapti. Maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaning Gazeta`ga aytishicha, ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. “Bu tartib bizda ham bo‘lishi kerak”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-6-27 09:40

O‘zbekistonda 425 ta tashkilot jamoat ahamiyatiga ega kompaniya deb e’tirof etildi. Ro‘yxat

425 ta tashkilot jamoat ahamiyatiga ega kompaniyalar reyestriga kiritildi. Ular uchun moliyaviy hisobot, audit va axborotni oshkor etish bo‘yicha alohida talablar joriy etilmoqda. Reyestrda Korzinka, Uzum, Click, Payme, Artel, Akfa, SEG kabilar bor, biroq bozordagi ayrim yirik ishtirokchilar unga kiritilmagan. gazeta.uz »

2026-6-26 12:02

O‘zbekistonda yirik loyihalar uchun import va mahalliy qurilish materiallarini xarid qilish shartlarini tenglashtirish rejalashtirilmoqda

Prezident yirik loyihalarga import va mahalliy qurilish materiallari yetkazib berish uchun QQS bo‘yicha teng shartlarni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashni topshirdi. Sotuvda qiyinchilikka duch kelayotgan 457 ta korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun 50 mln dollar yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-6-25 18:24

“O‘zbekistonda ko‘p neft va gaz topishimizga chin dildan umid qilaman” — BP vakili

BP xalqaro neft-gaz kompaniyasi SOCAR bilan birgalikda Ustyurt platosi shimoli-sharqida 3000 kv km maydonda seysmik tasvirga olish ishlarini o‘tkazdi. Keyingi bosqich - ma’lumotlarni o‘rganish va katta sarmoya talab qiladigan burg‘ilash ishlari. BP O‘zbekistonda “ko‘p neft va gaz” topishga umid qilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-23 15:12

IFC O‘zbekistonda yangi avlod MIZlarini yaratishni taklif qildi — prezident qonunni tezlashtirishga topshiriq berdi

Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishida prezident maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishini tezlashtirishni topshirdi. IFC direktori Liza Kestner O‘zbekiston yangi avlod MIZlarini yarata olishini ta’kidlab, Toshkent yaqinida va Sirdaryoda ikkita istiqbolli maydon taklif etdi. gazeta.uz »

2026-6-19 11:05

O‘zbekistonda bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik huquqidan 3 yilgacha mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Jarima 50 BHMgacha bo‘ladi, haydovchilar 3 yilgacha “prava"dan mahrum qilinadi. Hozir bunday holatlar odam tashish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha ko‘riladi, unda 2 BHM jarima ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-18 18:03

Islomiy banking, sukuk va standartlar. MB — O‘zbekistonda islomiy moliyani rivojlantirish haqida

Islomiy banking to‘g‘risidagi qonun dual model - to‘liq islomiy banklar va an’anaviy banklardagi islomiy darchalarni joriy etadi, dedi MB raisi o‘rinbosari. Regulyator islomiy moliya bo‘yicha 7 tacha standart ishlab chiqadi va sukuk (obligatsiyalarning islomiy muqobili) uchun huquqiy baza yaratadi. gazeta.uz »

2026-6-16 18:27

MB O‘zbekistonda kreditlar nima uchun qimmatligicha qolayotganiga izoh berdi

Kredit stavkalarini pasaytirish sekin va bosqichma-bosqich kechadigan jarayon, deya ma’lum qildi MB rahbari Timur Ishmetov. Unga ko‘ra, kredit stavkalari inflyatsiya, inflyatsion kutilmalar, resurs qiymati va moliyaviy risklarga bog‘liq, depozitlarning yuqori stavkalari kreditlar narxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. gazeta.uz »

2026-6-16 07:37

O‘zbekistonda turar joy hududlari uchun shovqin me’yori kunduzi 45 dB, kechasi esa 35 dB — Sanepidqo‘mita

Sanepidqo‘m rahbari birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov turar joy hududlari uchun shovqin me’yori kunduzi 45 dB, kechasi esa 35 dB ekanini aytdi. Senator Oral Ataniyazova shovqinning zararli ta’siri qanday aniqlanishi va oddiy odam uni qanday o‘lchashi haqida so‘radi. U qonundagi kamchiliklarga ham to‘xtaldi. gazeta.uz »

2026-6-14 06:01

O‘zbekistonda ayrim narkojinoyatlar uchun alohida jinoiy javobgarliklar belgilandi

O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq ayrim jinoyatlar uchun alohida javobgarliklar belgilandi. Xususan, narkolaboratoriya tashkil etish 5 yildan 10 yilgacha, ularning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. gazeta.uz »

2026-6-12 12:51

Imtiyozlardan past stavkalar sari: O‘zbekistonda navbatdagi soliq islohoti qanday bo‘lishi mumkin?

O‘zbekistonda amalda ikkita soliq tizimi yuzaga kelgan: umumiy stavkalarga asoslangan hamda imtiyozlar va maxsus rejimlar. Mutaxassis Behzodxon Alixonov bu istisnolar raqobatga qanday ta’sir ko‘rsatishi, islohotlarning keyingi bosqichi nima uchun biznesga teng sharoitlar yaratishi zarurligini tahlil qiladi. gazeta.uz »

2026-6-11 15:29

O‘zbekistonda noqonuniy qurilish uchun jarimalarni kuchaytirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy va ruxsatsiz qurilishlar uchun moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirish taklif qilindi. 2025-yilda 1952 ta noqonuniy qurilish aniqlangan. Prezidentga bosh rejalar bilan ishlashning yangi tizimi, shaharsozlik hujjatlarining yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha takliflar ham taqdim etildi. gazeta.uz »

2026-6-11 09:49

O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashga ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmagan. Bandlik vazirligi sabablarni tushuntirdi

Deputatlar kambag‘allikni qisqartirish va xotin-qizlarga subsidiyalar uchun ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmaganini tanqid qildi. Bandlik vazirligi buni jamg‘armalarning birlashtirilishi, to‘lovlarning raqamlashtirilishi hamda subsidiyalarning bir qismidan foizsiz kreditlarga o‘tilgani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-6-10 15:16

O‘zbekistonda yana to‘rtta Imkon bolalar reabilitatsiya markazi ochiladi. Ular qanday tashkil etilgan?

O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun yana to‘rtta Imkon reabilitatsiya markazi quriladi, ulardan biri shu yil kuzda Samarqandda ochiladi. Tarmoqni kengaytirish rejalari Qibraydagi Imkon markazida tashkil etilgan matbuot turi davomida taqdim etildi. Unda Gazeta muxbiri muassasa faoliyati bilan tanishdi. gazeta.uz »

2026-6-9 14:24

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarni O‘zbekistonda yangi sanoat zanjirlarini yaratishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida investorlariga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishda hamkorlikni taklif qildi. Prezidentga ko‘ra, hamkorlarga ichki bozor bilan bir qatorda qo‘shni mamlakatlar bozorlariga chiqish imkoniyati ham taqdim etiladi. gazeta.uz »

2026-6-5 18:46