Ðåçóëüòàòîâ: 1380

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekiston deputatlari islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qayd etilishicha, hujjat qabul qilinishi aholi va biznesga muqobil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi islomiy banklar, islomiy “darcha” va islomiy mikromoliya tashkilotlarini tashkil etish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-16 14:27

O‘zbekistonda 10 mingga yaqin ko‘p qavatli uylarning seysmik chidamliligi tekshirildi — yuzlab qoidabuzarliklar aniqlandi

O‘zbekistonda 10 mingga yaqin ko‘p qavatli uyning seysmik chidamliligi tekshirildi: 87 foizi me’yorlarga mos keladi, 1200 dan ortiq obyekt qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi. 396 ta bino materiallari organlarga yuborildi, noqonuniylarini buzish bo‘yicha 200 ta da’vo kiritildi, 100 dan ortig‘i allaqachon buzildi. gazeta.uz »

2025-9-9 20:52

“Auksionsiz chiroyli raqamlar”. O‘zbekistonda avtoraqamlarni sotish tartibi o‘zgaradi

2026-yildan O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari uchun auksion bekor qilinadi. Hukumat savdolarni “murakkab” deb hisoblamoqda. Fuqarolar onlayn tizim orqali bo‘sh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasini tanlab, to‘lov evaziga olishi mumkin bo‘ladi. Narxni “Uzavtomotobelgi” belgilaydi. gazeta.uz »

2025-9-8 14:50

O‘zbekistonda vazirliklarga yuqoridan ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar o‘z vakolatlari doirasida - Vazirlar Mahkamasi yoki prezidentning ko‘rsatmalarini kutmasdan mustaqil ravishda me’yoriy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu, Adliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hukumatning yuklamasini 30 foizga kamaytiradi. gazeta.uz »

2025-9-6 13:36

O‘zbekistonda bank omonatlariga tenglashadigan “xalqchil obligatsiyalar”ni yaratish taklif etilmoqda

Kap Depo investitsiya kompaniyasi rahbari Farrux Xo‘jayev omonatlarga raqobatdosh “xalqchil obligatsiyalar”ni yaratishni taklif qildi. “Shaffof emitentlar, omonatlardan yuqoriroq daromadlilik, asosiy likvidlik va qulayligi jihatidan bank ilovalaridan qolishmaydigan mobil ilovalar zarur”, - deya ta’kidladi u. gazeta.uz »

2025-9-5 18:40

“Bir kunlik firmalar”ga qarshi filtr. O‘zbekistonda hisob-fakturalar riskini baholash joriy etilmoqda

Soliq qo‘mitasi elektron hisob-fakturalar (EHF) berishdagi risklarni baholash tizimini sinovdan o‘tkaza boshladi. Bu korxonalarga kontragentlar bilan shubhali operatsiyalardan qochish va QQSni noqonuniy hisob-kitob qilish sxemalarini cheklashda yordam berishi kerak. Yuzlab mlrd so‘mlik shubhali operatsiyalar aniqlandi. gazeta.uz »

2025-9-4 19:28

O‘zbekistonda avtomobillar narxlarini “maqbullashtirish va tartibga solish” bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda rasmiy va norasmiy dilerlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilardagi avtomobil narxlari tafovutlarini o‘rganish rejalashtirilmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, narxlarni tartibga solish va maqbullashtirish choralari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Bu JST bilan ishlash komissiyasi qarorida aks etgan. gazeta.uz »

2025-9-4 14:06

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarni sotish va fondlarni moliyalashtirishda investitsiya platformalaridan foydalanishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda AKTga asoslangan investitsiya faoliyatini tartibga solish mexanizmlari belgilandi. Maxsus huquqiy rejimda qimmatli qog‘ozlarni sotish, venchur va pay fondlarini moliyalashtirish, kommandit shirkatlarga hissa kiritishda investitsiya platformalaridan foydalanishga ruxsat berildi. gazeta.uz »

2025-8-25 09:39