Ðåçóëüòàòîâ: 1378

O‘zbekistonda ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar pasporti tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, BHMning 60 baravarigacha miqdordagi ijtimoiy yordam “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-7-29 10:10

Ekspert O‘zbekistonda shifokorlarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ishlashga ruxsat berishni taklif qildi

O‘zbekistonda shifokorlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomida ishlashiga ruxsat berish taklif qilindi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu shifokorlarga bemorlarga shifoxonalardan tashqarida qonuniy maslahat berish imkonini beradi, aholini qamrab olish darajasini oshiradi va qo‘shimcha soliq tushumlarini yaratadi. gazeta.uz »

2025-7-23 12:32

O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket uch oydan buyon kamaymoqda, ammo u eng ko‘p sotilayotgan avtomobil bo‘lib qolmoqda

Cobalt ishlab chiqarish hajmi ketma-ket uchinchi oy 2024-yilning mos davrlariga nisbatan kamayib bormoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aytiladi. “O‘zavtosanoat” ma’lumotlariga ko‘ra, Cobalt yarim yillikda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-7-22 13:09

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni saqlash borasidagi yondashuvni o‘zgartirish taklif etildi

Toshkentda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat ichida saqlash majburiyatini yuklovchi moddasi yuzaga keltirayotgan huquqiy xatarlar muhokama qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari ma’lumotlarni lokalizatsiya qilishga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. gazeta.uz »

2025-7-22 11:25

Yapon asirlari O‘zbekistonda nimalar qilgan? Yapon askarlari xotira-muzeyi bilan tanishuv

Toshkentdagi Fozil ota qabristoni oldida O‘zbekistonda bo‘lgan yapon asirlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan bir muzey bor. Gazeta ushbu muzey, shuningdek, yaponlarning Toshkent va boshqa shaharlardagi bunyodkorlari ishlari, o‘zbeklar bilan munosabatlari va O‘zbekistondagi yapon qabristonlari haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-7-18 15:15

O‘zbekistonda omonatlar daromadliligi kamayganiga qaramay, kredit stavkalari ketma-ket ikkinchi oy oshmoqda

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslar uchun so‘mdagi omonatlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalar ketma-ket uchinchi oy kamaymoqda. Shu bilan birga, milliy valyutadagi kreditlar keskin qimmatlashdi - iyun oyida kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 23,2 foizga yetdi. gazeta.uz »

2025-7-17 14:26

Korrupsiyaga qarshi kurashishda Yevropa amaliyotlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Litva maxsus tergov xizmati korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda hamkorlik memorandumini imzoladi. O‘zbekistonlik komplayens-mutaxassislar Latviyada manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ochiqlikni ta’minlashga oid treninglarda qatnashdi. gazeta.uz »

2025-7-17 14:24

O‘zbekistonda mart oyidan buyon bojxonada qolib ketgan vitrinali muzlatkichlar savdo nuqtalariga yetkazildi

O‘zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchilari bojxonada uch oydan ortiq vaqt qolib ketgan vitrinali muzlatkichlarni sertifikatlash muammosini hal qildi. UzBev ijrochi direktori Alfiya Musinaning aytishicha, 5 mingdan ortiq vitrinali muzlatkichlar sertifikatlarga ega bo‘lib, savdo nuqtalariga yetkazildi. gazeta.uz »

2025-7-16 14:09

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari uchun ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda xususiy tibbiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda 15-iyul kuni Savdo-sanoat palatasida tashkillashtirilgan sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot chog‘ida aytib o‘tildi. SSV bu masalani diqqat bilan o‘rganmoqda. gazeta.uz »

2025-7-16 12:19

O‘zbekistonda PPX va profilaktika inspektorlari vakolatlari kengaytirilishi mumkin

O‘zbekiston deputatlari IIVning Patrul-post xizmati va profilaktika xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. PPX xodimlariga ayrim YHQ buzilishlari va metrodan foydalanish qoidalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish huquqi berilishi mumkin. gazeta.uz »

2025-7-16 18:57

“Chigirtka — nazorat qilinadigan hodisa”. O‘zbekistonda bu hasharot bosqiniga qarshi qanday kurashilmoqda?

Bu yil O‘zbekiston yana chigirtkalar bosqiniga duch keldi. Gazeta O‘simliklar karantini va himoyasi mutaxassislaridan vaziyat qanchalik jiddiyligi, zararkunandalarga qarshi profilaktika va kurash qanday olib borilayotgani hamda o‘choqlar yuzaga kelishiga qanday omillar ta’sir qilishi haqida bilib oldi. gazeta.uz »

2025-7-9 17:17

O‘zbekistonda uy-joy boshqaruv organlari yarim yilda salkam 26 mlrd so‘m majburiy badal mablag‘larini o‘zlashtirgan

2025-yilning 6 oyida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlarining 83 tasi qariyb 26 mlrd so‘m miqdordagi majburiy badal mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Qurilish vazirligiga ko‘ra, 158 ta boshqaruv organlariga esa 587 mln so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. gazeta.uz »

2025-7-9 10:34

O‘zbekistonda har yili o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi “Prezident Olimpiadasi” o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazib boriladi. Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-7-9 08:39