Taxminan 1,4 mln o‘zbekistonlik xorijda ishlamoqda. Mehnat migratsiyasi geografiyasi o‘zgaryapti
Migratsiya agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonning 1,4 millionga yaqin fuqarosi dunyoning 40 ga yaqin mamlakatida mehnat qilmoqda. Ularning taxminan 60 foizi Rossiyada. Shu bilan birga, mehnat migratsiyasi geografiyasida MDH davlatlarining ulushi kamaygan, Yevropa va Sharqiy Osiyo yo‘nalishlari esa o‘sgan. gazeta.uz »
