Ðåçóëüòàòîâ: 1380

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi: ekologik chorami yoki savdoga to‘siq?

1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdori sezilarli oshadi. Investitsiyalar vazirligi vakili Inomjon Abdurahmonov buni akkumulyatorlarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish va mahalliy avtosanoatni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan izohladi. “Gazeta.uz” uning dalillarini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-2-14 18:10

O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekiston kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bunday stansiyalarni boshqa hududlarda ham qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Prezident islohotlari katta miqdordagi elektrni talab qiladi, atom energetikasi esa iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi “O‘zatom” rahbari. gazeta.uz »

2025-2-11 09:48

O‘zbekistonda 2025-yilgacha birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini bosqichma-bosqich transformatsiyalash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2025-yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi, stomatologiya xususiy sektorga beriladi, shifokorlar ish samaradorligi uchun ustamalar ola boshlaydi. Viloyat miqyosidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari ko‘p tarmoqli poliklinikalarga aylantiriladi. gazeta.uz »

2025-2-11 22:48

O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi

O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir. gazeta.uz »

2025-2-3 15:20

O‘zbekistonda ayrim chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foiz qaytariladi

1-apreldan boshlab go‘sht, sut va tuxum sotishdagi tushumi daromadining 90 foizini tashkil etuvchi chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foizi qaytariladi. “Mikrokreditbank”ka 1 mln ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan “Parranda boqish - daromad topish” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratiladi. gazeta.uz »

2025-2-3 12:07

O‘zbekistonda veyplarni import qilish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi

O‘zbekiston deputatlari elektron sigaretalarni (veyplar) mamlakatga olib kirish va ularning muomalasini taqiqlash haqidagi qonunni qabul qilib, uni Senatga yubordi. Parlament a’zolari hujjatni ikkinchi va uchinchi o‘qishda hech qanday savollarsiz, bir ovozdan ma’qulladilar. gazeta.uz »

2025-1-30 14:08

O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi

IIV O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 800 mingdan ortiq shaxs ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili fuqarolar nima maqsadda bunday ro‘yxatga kiritilganiga izoh berib, ularga faqat yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-30 13:11