Ðåçóëüòàòîâ: 1290

O‘zbekistonda qariyb 6 oyda 19 ming fuqaro uchun 32,5 mlrd so‘mlik protez va reabilitatsiya vositalari berildi

Salkam yarim yilda 19 ming nogironligi bo‘lgan va nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez va reabilitatsiya vositalari uchun 32,5 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, fuqarolarga 30 turdagi mahsulot elektron vaucher shakllantirish orqali berilmoqda. gazeta.uz »

2024-9-26 13:31

O‘zbekistonda 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yilgacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi. Prezident qurilishdagi o‘zgarishlardan orqada qolmaslik uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish kerakligi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2024-9-23 16:05

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda

Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2024-9-17 12:13

O‘zbekistonda iste’molchilar aloqa kompaniyalari sifati va ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda

Respublika bo‘ylab iste’molchilar Uzmobile, Ucell, Mobiuz, Beeline va Humans aloqa kompaniyalari sifati hamda ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi. Idora o‘rganishlar o‘tkazib, fuqarolarning 8 oy davomidagi 91,5 mln so‘mga yaqin mablag‘ini qayta hisob-kitob qilgan. gazeta.uz »

2024-9-17 10:35

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor “Sharq-Aksilterror” qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi. gazeta.uz »

2024-9-6 10:06

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi

Prezident “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. U yuqori daromadli tadbirkorlik yo‘nalishlarini tashkil etgan va iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shgan “tadbirkorlik subyektlarining ilg‘or va tashabbuskor rahbarlari va ta’sischilari”ga beriladi. gazeta.uz »

2024-9-5 16:00

YTTB O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarishni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha pilot loyihani qo‘llab-quvvatlaydi

YTTB Markaziy Osiyodagi birinchi qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. 20 MVt quvvatga ega elektroliz uskanasi va 52 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi ammiakli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanadigan kulrang vodorodni qayta tiklanadiganiga almashtirishga yordam beradi. gazeta.uz »

2024-8-28 19:17

O‘zbekistonda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga oid farmon imzoladi. 2025-yildan kredit tashkilotlari faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sota (refaktoring) oladi, mijoz kontragenti norezident bo‘lsa, operatsiyalarni xorijiy valyutada qilishga ruxsat etiladi. gazeta.uz »

2024-8-14 14:51

O‘zbekistonda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichi boshlanmoqda. BMTTD “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTTD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii 2025-yilda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichini boshlash va “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha ikkita kelishuv imzoladi. Orolbo‘yiga 2 mlrd so‘mlik texnik jihozlar olib kelindi. gazeta.uz »

2024-8-7 16:50

O‘zbekistonda o‘quvchilar va bog‘cha bolalarida skrining paytida qanday kasalliklar aniqlandi?

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov maktab va bog‘chalarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari haqida ma’lumot berdi. O‘quvchilarining deyarli 28 foizida va tarbiyalanuvchilarning 26 foizida turli xil kasalliklar, jumladan, anemiya, asab tizimi kasalliklari va yurak nuqsonlari aniqlangan. gazeta.uz »

2024-7-30 15:52