Ðåçóëüòàòîâ: 1380

O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda. gazeta.uz »

2024-4-13 09:36

O‘zbekistonda “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlarni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »

2024-4-3 13:10

O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi. gazeta.uz »

2024-4-3 23:21

O‘zbekistonda ayollar iqtisodiyotda erkaklar bilan teng qatnashsa, YMD 29 foizga oshishi mumkin — Jahon banki

Jahon banki O‘zbekistondagi gender holati bo‘yicha hisobotining asosiy xulosa va tavsiyalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, agar ayollar iqtisodiy hayotda erkaklar bilan teng ishtirok eta olsa, O‘zbekiston yalpi milliy daromadi (YMD) taxminan 29 foizga oshishi va 700 mingdan ortiq odam kambag‘allikdan chiqishi mumkin. gazeta.uz »

2024-3-28 12:11

O‘zbekistonda 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilindi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi. gazeta.uz »

2024-3-11 12:21

USAID O‘zbekistonda 17,7 mln dollarlik “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini ishga tushirdi

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini boshladi. 17,7 mln dollarlik ushbu loyiha barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida AKT, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotga oid loyihalarga grant mablag‘lari ajratiladi. gazeta.uz »

2024-3-8 13:19

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 1989-yili o‘tkazilgan. Yangisi 2022-yilga reja qilingan edi, pandemiya sabab 2023-yilga qoldirildi, ammo baribir o‘tkazilmadi. O‘zi uning nima keragi bor, u qanday foyda keltiradi va uni kechiktirish nimasi bilan xatarli - “Gazeta.uz” shu haqda ma’lumot beradi. gazeta.uz »

2024-3-6 07:30

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,32 foizni tashkil etdi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi

O‘zbekistonda fevral oyida so‘nggi sakkiz yildagi eng past - 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzolashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi. gazeta.uz »

2024-3-2 13:45

O‘zbekistonda iste’molchilarga elektroenergiya uzilishlaridan ko‘rgan zararini qoplab berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ular aholi va tadbirkorlarga elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar oqibatida ko‘rgan zarari uchun sud orqali kompensatsiya undirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2024-2-22 17:31

O‘zbekistonda gaz, neft va boshqa energiya resurslarini qazib olish hajmi pasayishda davom etmoqda

Yanvar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,99 mlrd kub metrni tashkil etdi, bu 2023-yil yanvariga nisbatan 9,4 foizga kam, so‘nggi oylardagi hajmlardan esa yuqori. Neft, ko‘mir, benzin va dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmi ham pasaygan. Ishlayotgan sanoat korxonalari 25,2 mingtaga kamaydi. gazeta.uz »

2024-2-21 13:35