Ðåçóëüòàòîâ: 1380

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda

Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2024-9-17 12:13

O‘zbekistonda iste’molchilar aloqa kompaniyalari sifati va ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda

Respublika bo‘ylab iste’molchilar Uzmobile, Ucell, Mobiuz, Beeline va Humans aloqa kompaniyalari sifati hamda ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi. Idora o‘rganishlar o‘tkazib, fuqarolarning 8 oy davomidagi 91,5 mln so‘mga yaqin mablag‘ini qayta hisob-kitob qilgan. gazeta.uz »

2024-9-17 10:35

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor “Sharq-Aksilterror” qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi. gazeta.uz »

2024-9-6 10:06

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi

Prezident “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. U yuqori daromadli tadbirkorlik yo‘nalishlarini tashkil etgan va iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shgan “tadbirkorlik subyektlarining ilg‘or va tashabbuskor rahbarlari va ta’sischilari”ga beriladi. gazeta.uz »

2024-9-5 16:00

YTTB O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarishni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha pilot loyihani qo‘llab-quvvatlaydi

YTTB Markaziy Osiyodagi birinchi qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. 20 MVt quvvatga ega elektroliz uskanasi va 52 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi ammiakli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanadigan kulrang vodorodni qayta tiklanadiganiga almashtirishga yordam beradi. gazeta.uz »

2024-8-28 19:17

O‘zbekistonda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga oid farmon imzoladi. 2025-yildan kredit tashkilotlari faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sota (refaktoring) oladi, mijoz kontragenti norezident bo‘lsa, operatsiyalarni xorijiy valyutada qilishga ruxsat etiladi. gazeta.uz »

2024-8-14 14:51

O‘zbekistonda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichi boshlanmoqda. BMTTD “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTTD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii 2025-yilda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichini boshlash va “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha ikkita kelishuv imzoladi. Orolbo‘yiga 2 mlrd so‘mlik texnik jihozlar olib kelindi. gazeta.uz »

2024-8-7 16:50

O‘zbekistonda o‘quvchilar va bog‘cha bolalarida skrining paytida qanday kasalliklar aniqlandi?

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov maktab va bog‘chalarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari haqida ma’lumot berdi. O‘quvchilarining deyarli 28 foizida va tarbiyalanuvchilarning 26 foizida turli xil kasalliklar, jumladan, anemiya, asab tizimi kasalliklari va yurak nuqsonlari aniqlangan. gazeta.uz »

2024-7-30 15:52

“O‘zbekistonda millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi. U jahonda ishonch inqirozi hukm surayotganini, mamlakatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni “buzg‘unchi yot g‘oya va oqimlar"dan asrash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish talab etilayotganini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-7-29 18:47

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi. Xususan, kitoblar nashr etish, film suratga olish, ko‘rgazma va anjumanlar o‘tkazish, Nukus shahrida muzey ochish va Mo‘ynoqda uning nomida ekopark tashkil etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-7-17 06:41