Ðåçóëüòàòîâ: 1294

O‘zbekistonda ID karta, xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasi uchun “chiroyli” raqamlar sotuvini joriy etish rejalashtirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi ID kartalar, xorijga chiqish pasportlari va istalgan raqamlar kombinatsiyasiga ega haydovchilik guvohnomalarini yuqori to‘lov evaziga berish xizmatini yo‘lga qo‘yishni taklif etuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. gazeta.uz »

2025-2-28 16:18

“O‘zbekistonda xorijiy grant oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi” — NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari

Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekistonda xorijiy grantlar to‘xtatilishidan jabr ko‘rgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Jamg‘arma rahbari bu haqda AQShning yangi ma’muriyati USAID’ning xorijiy yordamini to‘xtatgani haqidagi xabarlar fonida ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-2-26 21:42

2024-yilda O‘zbekistonda YTHlarning 22,8 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘ldi

Senatdagi qo‘mita majlisida O‘zbekistonda 2024-yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, YTHlarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodaga yo‘l bermasligi, 3,7 foizi rulda uxlab qolish, 22,8 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-2-26 13:26

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 12 balldan ko‘proq jarima to‘plagan haydovchilar transportni boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum etilishi belgilanmoqda. Shuningdek, avtomobilni mast holda boshqargan va tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2025-2-21 09:45

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi: ekologik chorami yoki savdoga to‘siq?

1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdori sezilarli oshadi. Investitsiyalar vazirligi vakili Inomjon Abdurahmonov buni akkumulyatorlarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish va mahalliy avtosanoatni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan izohladi. “Gazeta.uz” uning dalillarini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-2-14 18:10

O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekiston kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bunday stansiyalarni boshqa hududlarda ham qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Prezident islohotlari katta miqdordagi elektrni talab qiladi, atom energetikasi esa iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi “O‘zatom” rahbari. gazeta.uz »

2025-2-11 09:48

O‘zbekistonda 2025-yilgacha birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini bosqichma-bosqich transformatsiyalash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2025-yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi, stomatologiya xususiy sektorga beriladi, shifokorlar ish samaradorligi uchun ustamalar ola boshlaydi. Viloyat miqyosidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari ko‘p tarmoqli poliklinikalarga aylantiriladi. gazeta.uz »

2025-2-11 22:48

O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi

O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir. gazeta.uz »

2025-2-3 15:20