Ðåçóëüòàòîâ: 1290

Standartlar o‘rniga SanQvaN. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari nazorati tizimi isloh qilinmoqda

1-avgustdan boshlab O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga texnik reglament va standartlar talab etilmaydi. Buning o‘rniga daxldor idoralar bilan kelishilgan SanQvaNlar joriy etiladi. Yil oxirigacha bir qator sanitar, fitosanitar va veterinariya tartib-taomillarining bajarilishi majburiy bo‘lmaydi. gazeta.uz »

2025-4-19 12:36

O‘zbekistonda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi

Lotereya, bukmekerlik va internet orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sug‘urta bozori va lotereyalarni tartibga solish bo‘yicha vakolatlar yuklatildi. gazeta.uz »

2025-4-17 11:59

Rossiyaning “Motorika”si O‘zbekistonda reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashning yangi tizimini shakllantirishda ishtirok etmoqchi

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va Rossiyaning robotlashtirilgan protezlar ishlab chiqaruvchi “Motorika”si o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ishlab chiquvchilar o‘z mahsulotlarini davlat tomonidan muhtojlarga beriladigan reabilitatsiya texnik vositalari ro‘yxatiga kiritmoqchi. gazeta.uz »

2025-4-15 09:58

Leapmotor o‘z avtomobilining O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilish natijalaridan norozi bo‘ldi

Xitoyning Leapmotor avtomobil ishlab chiqaruvchisi C16 modeli elektromagnit moslashuvchanlik sinovidan o‘tmagani bo‘yicha test natijalaridan noroziligini bildirdi. Kompaniya avtomobilni test sinovlari uchun taqdim etmaganini va qayta tekshiruv o‘tkazilishini talab qilayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-4-12 13:32

Amerikaning Air Products kompaniyasi O‘zbekistonda yangi loyihalarni rejalashtirmoqda

Air Products and Chemicals kompaniyasi O‘zbekistonda yangi loyihalar - uglerodni ushlash va saqlash, aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish va ko‘mirni gazlashtirishni ko‘rib chiqmoqda. Mazkur rejalar kompaniya rahbariyati va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-4-2 14:32

O‘zbekistonda yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash dasturi ishga tushiriladi

Sentabrda O‘zbekistonda 8-sinf bitiruvchilari uchun xalqaro maktab ochiladi. Yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash milliy dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan - 3000 nafar maktab o‘quvchisi intensiv tayyorgarlikdan o‘tadi, eng yaxshilari AQShda tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-27 18:02