Ðåçóëüòàòîâ: 1290

O‘zbekistonda 112 yagona dispetcherlik xizmati ishga tushgan — Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda 112 yagona dispetcherlik xizmati hukumat qarorida belgilangan muddatda ishga tushganini ma’lum qildi. Xizmat IIV, FVV, SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta’minot” shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtiradi. gazeta.uz »

2025-3-25 12:12

O‘zbekistonda kichik AES loyihasi jadvaldan oldinda ketmoqda — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda kichik AES qurilishi jadvaldan oldinda, birinchi beton 2026-yilning ikkinchi choragida quyilishi rejalashtirilgan, dedi “O‘zatom” rahbari. Stansiya uchun Fransiya va Xitoy texnologiyalari ko‘rib chiqilmoqda, loyiha MAGATE tomonidan nazorat qilinadi. “Bu shunchaki parranda fabrikasi qurish emas”, dedi u. gazeta.uz »

2025-3-24 11:34

O‘zbekistonda shampun, tish pastasi va upa importining 80 foizdan ortig‘i 5 ta korxona hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Raqobat qo‘mitasi mamlakatga import qilinayotgan shampunning 84 foizi, tish pastasining 90 foizi, upaning 86 foizi eng yirik 5 ta korxonaga to‘g‘ri kelayotganini ma’lum qildi. Iqtisodchi Behzod Hoshimov bozorning ochiq yoki yopiqligiga qarab konsentratsiya yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-3-19 15:22

O‘zbekistonda sentabr oyidan maktab va bog‘cha direktorlarining maoshi oshadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha mudirlarining maoshi oshiriladi. 2026-yildan boshlab ular uchun KPI asosida oylik ustamalar joriy etiladi. Maktablar bo‘sh turgan binolarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 75 foizini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-19 13:32

O‘zbekistonda endi ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etilishini aytdi. Unga ko‘ra, ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, ularga kamchiligini bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi. gazeta.uz »

2025-3-19 10:15

O‘zbekistonda 2025-yilda kanalizatsiyalash qamrovini 24% ga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda kanalizatsion infratuzilma kengaytirilmoqda. Joriy yilda 135 ming xonadonni ulash va tizim qamrovini 24% ga yetkazish rejalashtirilgan, dedi “O‘zsuvta'minot” raisi v.b. Qator shaharlardagi oqava suvlarni tozalash inshootlarini DXSh doirasida xususiy boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-3-18 20:56

O‘zbekistonda 2025-yilda kanalizatsiyalash qamrovini 24 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda kanalizatsion infratuzilma kengaytirilmoqda. Joriy yilda 135 ming xonadonni ulash va tizim qamrovini 24% ga yetkazish rejalashtirilgan, dedi “O‘zsuvta’minot” raisi v.b. Qator shaharlardagi oqava suvlarni tozalash inshootlarini DXSH doirasida xususiy boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-3-19 20:56

“O‘zbekistonda Temu blokirovkasi sanasi o‘z kuchida qolmoqda, biroq tomonlar muzokaralar olib bormoqda” — ILMA

Xitoyning Temu bozori O‘zbekistonda yuridik shaxsini ro‘yxatdan o‘tkazdi, biroq 20-martdagi platformani ehtimoliy bloklash sanasi o‘z kuchida qolmoqda, deb xabar berdi ILMA “Gazeta.uz”ga. Kompaniya o‘tgan davr uchun QQS to‘lashi va fiskal cheklarni berish uchun soliq organlari bilan integratsiyalashishi kerak. gazeta.uz »

2025-3-18 20:13

O‘zbekistonda noqonuniy to‘siqlar o‘rnatish va yo‘lni to‘sib qo‘yish uchun jarimalar joriy etiladi

Senat noqonuniy to‘siqlar o‘rnatgan hamda yo‘lni to‘sib qo‘ygan fuqarolar va mansabdorlarga jarima solishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Senator Malika Qodirxonova aholi turar joylarida to‘xtash joylari tartibsizligi uchun fuqarolar yo‘llarni to‘sib qo‘yishga majbur bo‘layotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-3-18 08:42

Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9,6 foiz emas, balki 16,8 foiz bo‘lardi — Jahon banki

Jahon bankiga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar oqimi Qirg‘iziston va Tojikistonga qaraganda xilma-xilroq: ularning 57 foizi Rossiyani tanlaydi, 15 foizi Qozog‘istonda, 10 foizi Ukrainada ishlamoqda. O‘zbekiston YAIMda migrantlar o‘tkazmalari ulushi 14 foizni tashkil etadi, bu ham qo‘shnilarga qaraganda kamroq. gazeta.uz »

2025-3-11 15:32

O‘zbekistonda yozdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi

O‘zbekistonda iyundan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirishi cheklanadi. Cheklov qarzdorlik to‘langandan so‘ng avtomatik ravishda bekor qilinadi. Qarzdorlikni qoplash uchun 5 kun vaqt beriladi. gazeta.uz »

2025-3-8 12:21

O‘zbekistonda endi kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlarda tahsil olayotgan, ko‘rish organlari va tayanch-harakat apparati kasalliklari bo‘lgan bolalarga transport xizmatlari ko‘rsatiladi. Transportdan foydalanish uchun ajratiladigan summa har bir o‘quvchiga oyiga BHMning 1,2 baravaridan oshmaydi. gazeta.uz »

2025-3-8 11:24

O‘zbekistonda kadrlarni baholashda eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechiladi — prezident

Prezident kadrlarni baholashda yangi tizimga o‘tish, bunda diplom va ish joyi emas, balki bilim va yutuqlar asosiy mezon bo‘lishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, u yoshlarni halollik ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidlab, “korrupsiya - kelajakka tahdid” g‘oyasini mustahkamlaydigan tizim yaratishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-3-5 12:35

O‘zbekistonda tezlikni qayd etishdagi xatolik chegarasini 10 km/soatgacha oshirish taklif etilmoqda

Kameralar va radarlar tomonidan qayd etiladigan transport tezligi xatoligini 5 dan 10 km/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Yo‘l chiziqlari bo‘yicha qoidabuzarliklarni faqat standartlarga javob beradigan joylarda qayd etish taklif qilinmoqda. Asos sifatida haydovchilarning noroziligi ko‘rsatilmoqda. gazeta.uz »

2025-3-5 08:25

O‘zbekistonda san’atkorlarga “u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik” aytildi

“O‘zbekkonsert”da o‘tgan yig‘ilishda san’atkorlarga konsertlarda diniy targ‘ibotga yo‘l qo‘ymaslik, qonunchilikka so‘zsiz rioya etish va o‘zbekona qadriyatlarni unutmaslik tushuntirildi. Madaniyat vaziri o‘rinbosari ularga shohona hayotni ko‘z-ko‘z qilmaslik va qo‘shiqlar mazmuniga e’tibor qaratish kerakligini aytdi. gazeta.uz »

2025-3-5 08:13

O‘zbekistonda italiyalik investorlar bilan nok, yong‘oq va pomidorni qayta ishlash korxonalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda Italiya investorlari ko‘magida nok, yong‘oq va pomidor yetishtirish hamda qayta ishlash zavodlarini ochish reja qilinmoqda. Qolaversa, qattiq bug‘doydan makaron ishlab chiqaradigan zavod qurish, Yaponiya bilan hamkorlikda Sirdaryoda kivini tajriba tariqasida yetishtirish masalalari ham muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-3-4 11:09

O‘zbekistonda ID karta, xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasi uchun “chiroyli” raqamlar sotuvini joriy etish rejalashtirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi ID kartalar, xorijga chiqish pasportlari va istalgan raqamlar kombinatsiyasiga ega haydovchilik guvohnomalarini yuqori to‘lov evaziga berish xizmatini yo‘lga qo‘yishni taklif etuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. gazeta.uz »

2025-2-28 16:18

“O‘zbekistonda xorijiy grant oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi” — NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari

Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekistonda xorijiy grantlar to‘xtatilishidan jabr ko‘rgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Jamg‘arma rahbari bu haqda AQShning yangi ma’muriyati USAID’ning xorijiy yordamini to‘xtatgani haqidagi xabarlar fonida ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-2-26 21:42