Ðåçóëüòàòîâ: 1378

Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda harorat ko‘tarilishi va kuchli qurg‘oqchilikka olib kelmoqda — UNEP Atlasi

Iqlim o‘zgarishi oqibatlari O‘zbekistonda allaqachon sezilmoqda, deyiladi UNEP tomonidan e’lon qilingan yangi ekoatlasda. So‘nggi 60 yil ichida mamlakatda o‘rtacha yillik harorat 1,6 darajaga (dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravar yuqori) oshdi, bu esa qurg‘oqchilikning tez-tez sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. gazeta.uz »

2025-11-26 14:09

O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar kamida 2028-yilgacha inflyatsiyadan tezroq o‘sadi

Kamida 2028-yilgacha O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlari yillik inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirib boriladi. Shu bilan birga, keyingi uch yilda Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan transfertlar qisqartirilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-11-26 10:52

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab bepul tibbiy yordam olish tartibi qanday o‘zgaradi?

O‘zbekiston hukumati davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini tasdiqladi. 2026-yildan kuchga kiradigan hujjat QR kodli elektron yo‘llanmalar, kasalxonaga yotqizishning yangi qoidalari, tibbiy komissiyalar ishi va boshqalarni joriy etadi. gazeta.uz »

2025-11-14 14:56

“Davlat yashash imkoniyatini ta’minlashga majbur”. O‘zbekistonda ko‘krak va bachadon bo‘yni saratoni erta bosqichlarda aniqlanishi uchun nima qilish kerak?

Ayollar 30 yoshdan bachadon bo‘yni saratoni, 45 yoshdan esa ko‘krak bezi saratoni xavfiga ko‘proq moyil bo‘ladi. Kasallikni erta bosqichda aniqlash hayotlarni qutqarishi mumkin. Buning uchun barcha sog‘lom ayollarni tekshirish kerak. gazeta.uz »

2025-11-13 05:45

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi — prezident

O‘zbekiston amerikalik hamkorlar bilan shaxsiy ma’lumotlarni saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikni yangilashni yakunlamoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, bu Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini ishga tushirish, shuningdek, raqamli akademiyalar va startap hablarni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. gazeta.uz »

2025-11-7 13:45

O‘zbekistonda strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimi joriy etilmoqda. Tafsilotlar

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga aylantirildi. 1-noyabrdan boshlab mamlakatda “maqsad - harakat - natija” tamoyiliga asoslangan strategik rejalashtirish tizimi joriy etiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash yangi vakolatlarga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-11-4 17:49

O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda sintetik narkotiklar ishlab chiqarish va tarqatish ortmoqda - ular yashirin laboratoriyalarda tayyorlanib, internet orqali sotilmoqda. Prezident bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, 2027-yilgacha mo‘ljallangan narkojinoyatlarga qarshi kurashish milliy dasturini ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-11-3 16:10

O‘zbekistonda Belgrad universiteti filialini ochish rejalashtirilmoqda

Belgrad universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov. Bundan tashqari, Novi-Sad universiteti bilan ham qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-11-3 13:50