Ðåçóëüòàòîâ: 1378

O‘zbekistonda eksport salohiyati 350 mln dollar bo‘lgan mis quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi Infinity Copper Group korxonasida bo‘ldi. Qiymati $36 mln bo‘lgan loyiha Xitoy va Germaniya kompaniyalari bilan amalga oshirilmoqda. U 350 mln dollarlik eksportni ta’minlashi kutilmoqda, mahsulotlarni BAA, Afrika qit’asi, AQSh va Yevropaga yetkazib berish reja qilingan. gazeta.uz »

2026-2-13 13:34

G‘oyadan eksportgacha: O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi

Prezidentning 11-fevraldagi qarori bilan O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlashning to‘rt bosqichli ekotizimi joriy etiladi. Hujjat startap g‘oyalarini shakllantirishdan tortib, ularni ishga tushirish va xorijiy bozorlarga chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq tizimni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-2-13 12:12

Korxonalarni tekshirish o‘rniga bozor nazorati: O‘zbekistonda nazoratning yangi modeli tayyorlanmoqda

Texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish loyihasidan korxonalar ustidan davlat nazoratidan voz kechish va xavflar tahliliga asoslangan bozor nazorati modeliga o‘tish o‘rin oldi. Shuningdek, unda majburiy sertifikatlashtirishdan voz kechib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash tizimiga o‘tish mavjud. gazeta.uz »

2026-2-13 01:01

O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hisob-kitoblar, jumladan, hududlar kesimida tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini belgilovchi minimal iste’mol xarajatlari, e’lon qilish muddati 20-yanvargacha bo‘lishiga qaramay, haligacha ochiqlanmadi. IMV bu ko‘rsatkichning inflyatsiyadan farq qilishi sabablarini tushuntirib, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik ko‘rsatkichini joriy etish ishlari ketayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-13 23:05

O‘zbekistonda yanvardagi inflyatsiya 0,7% ni tashkil etdi. Oy va yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda yanvardagi inflyatsiya 0,7% ni, yillik hisobda esa 7,2% ni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi. Go‘sht, sut, tuxum qimmatlashdi, guruch va oq qand narxi pasaydi. Avtosug‘urtaning o‘rtacha narxi 381,8% ga, mobil aloqa xizmati narxlari esa 2,4% ga (yil davomida - 17,9%) oshdi. gazeta.uz »

2026-2-7 20:05

2028-yilga qadar O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni sug‘oriladigan yerlarning 80 foizida joriy etish rejalashtirilmoqda

2028-yilgacha suv tejovchi texnologiyalar sug‘oriladigan yerlarning 80 foizida joriy etiladi. Bu yiliga 3,5 mlrd kub metr suv tejashga xizmat qiladi. Subsidiya va soliqlar yerlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab belgilanadi, sohaga 744 mln dollar kredit jalb etiladi. gazeta.uz »

2026-2-5 14:04

O‘zbekistonda demensiya, Parkinson va Alsgeymer kasalligiga chalinganlarga qarab turish xizmati ko‘rsatiladi

“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida 1-martdan demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini har chorakda qayta baholash talabi bekor qilinadi. gazeta.uz »

2026-2-2 13:51

O‘zbekistonda energoresurslar tariflarini oshirishga yondashuvni o‘zgartirish taklif qilinmoqda

Energoresurslar defitsiti va gaz ta’minotidagi cheklovlar sharoitida Markaziy bank hukumat bilan birgalikda qator takliflar tayyorladi. Muhokamadagi choralar - energoresurslar taklifini ko‘paytirish, tariflarni va davlat regulyatsiyasidagi narxlarni oshirishga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish. gazeta.uz »

2026-2-1 20:46

Biometriya, blokirovka va sessiyalarni nazorat qilish. O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?

O‘zbekistonda bank va to‘lov tashkilotlari uchun yangi kiberxavfsizlik qoidalari kuchga kiradi. Ular JSHSHIRni tekshirish, hayotiylikni aniqlash orqali biometrik identifikatsiya, yangi qurilmadan kirganda kartalarni o‘chirish, qo‘ng‘iroq vaqtida ilovalarni bloklash, “aktiv sessiyalar” bo‘limi va boshqalarni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-1-21 13:15

O‘zbekistonda oltin narxlari o‘sishi konservativ hisoblandi. 2026-yilda budjet taqchilligini 3% doirasida saqlash rejalashtirilmoqda

Jahonda oltin narxlari o‘sishi nafaqat O‘zbekiston budjeti daromad bazasini mustahkamlayapti, balki davlat xarajatlari ortishi xavfini ham yaratyapti, dedi senator. Iqtisodiyot vazirligiga ko‘ra, qimmatbaho metall narxi rekord darajada oshganiga qaramay, hukumat budjeti konservativ ssenariylarga asoslangan. gazeta.uz »

2026-1-21 20:49