O‘zbekistonda demensiya, Parkinson va Alsgeymer kasalligiga chalinganlarga qarab turish xizmati ko‘rsatiladi
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida 1-martdan demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini har chorakda qayta baholash talabi bekor qilinadi. gazeta.uz »
