Ðåçóëüòàòîâ: 267

“Yana 10 yil jazo berilishini aytishdi”. Ukrainada jang qilgan 23 yoshli farg‘onalikning ozodligi 4 yilga cheklandi

Farg‘onalik yigit ishlash uchun Rossiyaga borib, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat uchun qamalgan. Uning aytishicha, qamoqxonada jazo muddati uzaytirilishi bilan qo‘rqitishgach, Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolab, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. Sud unga 4 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-7-3 09:10

XVJ yana O‘zbekistonni iqtisodiyotning qizib ketish xavfini kamaytirishga chaqirdi

XVJ yana O‘zbekistonni iqtisodiyotning qizib ketish xavfini kamaytirishga, xususan, yil davomida budjet xarajatlariga tuzatish kiritishni cheklashga chaqirdi. Mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘syapti, lekin geosiyosiy keskinlikning kuchayishi ehtimoli sabab prognozlarga oid noaniqliklar yuqori saqlanib qolmoqda. gazeta.uz »

2026-6-19 08:42

O‘zbekistonda yana to‘rtta Imkon bolalar reabilitatsiya markazi ochiladi. Ular qanday tashkil etilgan?

O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun yana to‘rtta Imkon reabilitatsiya markazi quriladi, ulardan biri shu yil kuzda Samarqandda ochiladi. Tarmoqni kengaytirish rejalari Qibraydagi Imkon markazida tashkil etilgan matbuot turi davomida taqdim etildi. Unda Gazeta muxbiri muassasa faoliyati bilan tanishdi. gazeta.uz »

2026-6-9 14:24

“Mashinaga egalik qilish qimmat, nega yana ko‘chadagi parkovka uchun ham to‘lashim kerak?” — Poytaxt Parking operatori javoblari

Toshkentda pulli avtoturargoh tizimining joriy etilishi hali ham haydovchilar orasida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Gazeta haydovchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan sakkizta savolni Poytaxt Parking operatoriga yo‘lladi. Kompaniyaning javoblari e’tiboringizga havola qilinadi. gazeta.uz »

2026-5-1 20:06

XVJ yana O‘zbekistonda aksiz soliqlarini oshirish va soliq imtiyozlarini qisqartirishni taklif qildi

XVJ O‘zbekistonga aksiz soliqlarini oshirish va ayrim soliq imtiyozlaridan voz kechishni tavsiya qildi. Jamg‘armaga ko‘ra, bu choralar budjetga YAIMning bir necha foizigacha qo‘shimcha daromad keltirishi hamda aholining ta’lim, tibbiyot va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-14 19:36

Javohir Sindarov Pragnanandhani yana mag‘lub etib, Nomzodlar turnirida peshqadamligini mustahkamladi

Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. U Rameshbabu Pragnanandha ustidan ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Raqiblarining parallel kechgan uchrashuvidagi durang natija esa unga turnir yakunlanishiga to‘rt tur qolganda oradagi farqni 2 ochkogacha oshirish imkonini berdi. gazeta.uz »

2026-4-10 19:37

O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni yana dam olish va sog‘lomlashtirishga qabul qilishni rejalashtirmoqda — Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari

2026-yilda O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni sog‘lomlashtirish dasturini qayta tiklashni, shuningdek gumanitar yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Mishenko O‘zbekiston TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-3 15:59

O‘zbekiston jamoasi a’zosi Daniil Yeybog qishki Olimpiadaning yana bir litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Xalqaro konkichilar ittifoqi olimpiya kvotalari taqsimotini qayta ko‘rib chiqdi. Natijada O‘zbekiston jamoasi a’zosi Daniil Yeybog short-trek bo‘yicha 1500 metr masofaga 2026-yilgi qishki Olimpiadaning yana bir litsenziyasini qo‘lga kiritdi. U, shuningdek, 500 metr masofada ham ishtirok etadi. gazeta.uz »

2026-2-12 14:13

2027-yilgacha O‘zbekistonning yana to‘rt viloyatida elektr tarmoqlari xususiy boshqaruvga beriladi

Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 12:38

Tikuchar, kriptopul, arzonsotuv, shivirchi — FA yana 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillarini taklif etdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillarini taklif etib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Xususan, vertolyotni tikuchar, kriptovalyutani kriptopul, “rasprodaja”ni arzonsotuv, suflyorni shivirchi kabi so‘zlar bilan almashtirish taklif etilmoqda. Ro‘yxat. gazeta.uz »

2025-12-4 11:42