Ðåçóëüòàòîâ: 267

Navoiyda yana bir hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »

2024-12-4 15:51

Qozog‘istonda ob-havoning keskin sovishi sabab yana u yerdagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi. gazeta.uz »

2024-11-11 09:37

Moratoriyga qaramay yana Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olindi. Tabiatga zarar miqdori 233 millard so‘m

Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi. gazeta.uz »

2024-11-8 20:41

Moratoriyga qaramay, yana Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olindi. Tabiatga zarar miqdori 233 millard so‘m

Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi. gazeta.uz »

2024-11-9 20:41

Denovda yo‘l qurish uchun minglab daraxtlarni kesish masalasi yana kun tartibiga chiqdi

2023-yil iyulida Ekovazirlik rad javobidan keyin Surxondaryo va Buxorodagi avtomobil yo‘li qurilishida o‘n minglab daraxt kesilishi to‘xtatib qolingandi. Vazirlik “inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan” loyihani amalga oshirish masalasi hukumat komissiyasida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-9-6 21:03