Ðåçóëüòàòîâ: 276

Tikuchar, kriptopul, arzonsotuv, shivirchi — FA yana 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillarini taklif etdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillarini taklif etib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Xususan, vertolyotni tikuchar, kriptovalyutani kriptopul, “rasprodaja”ni arzonsotuv, suflyorni shivirchi kabi so‘zlar bilan almashtirish taklif etilmoqda. Ro‘yxat. gazeta.uz »

2025-12-4 11:42

O‘zbekistonda AI startaplarini qo‘llab-quvvatlashga yana $100 mln yo‘naltiriladi

2026−2027-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap va ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha $100 mln ajratiladi. Mablag‘lar davlat tizimida AI yechimlarini joriy etish va venchur jamg‘armalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-11-1 21:34

“Tolibon” yana bir bor O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan harbiy vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishga chaqirdi

“Tolibon” 2021-yilda Afg‘oniston hukumati qulagach O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan harbiy vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishga yana bir bor chaqirdi. “Biz ushbu vertolyotlarni afg‘on xalqiga qaytarishni so‘raymiz, toki ular gumanitar maqsadlarda foydalanilsin”, - dedi TIV rahbari Muttaqiy. gazeta.uz »

2025-9-12 15:54

“Yana qanday sharoit kerak bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyorman”. Prezident — biznesni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida

Bog‘cha qamrovi past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga 30 yil muddatga ijara to‘lovisiz yer, 18 foizli kredit va xarajatlar uchun subsidiya kabi yengilliklar beriladi. Prezident, shuningdek, O‘zbekistonni mintaqaning tibbiyot markaziga aylantirish rejalarini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-8-27 12:37

Adam Smit, Milton Fridman va yana sakkiz iqtisodchining kitoblari o‘zbek tiliga o‘giriladi

“1000 kitob” loyihasi Markaziy bank bilan hamkorlikda “1000 kitob plyus” tashabbusini boshladi. Bunda makroiqtisodiyot va bank tizimiga oid kitoblar o‘zbekchaga o‘giriladi. Kitoblarning dastlabki ro‘yxatida Adam Smit va Milton Fridman kabilarning asarlari bor. Tarjima va chop etish uchun tanlov e’lon qilingan. gazeta.uz »

2025-7-7 17:58

O‘zbekistonda joylashgan yana bir kompaniya Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Trade Engine System kompaniyasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketi doirasida cheklovga uchradi. 2022-yil iyul oyida tashkil etilgan kompaniya temir yo‘l, avtotransport, dengiz yoki havo orqali transportda tashishni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. gazeta.uz »

2025-5-21 15:29