Ðåçóëüòàòîâ: 276

O‘zbekistondagi yana 9 noyob daraxt MonumentalTrees xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan 100 dan 1000 yoshgacha bo‘lgan 9 ta noyob daraxt MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga kiritildi. Mamlakat umumiy hisobda 17 ta daraxt bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur xalqaro ro‘yxatga o‘z tabiiy meros obyektlarini kiritgan birinchi davlat bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-4-25 22:17

O‘zbek tili masalasi yana muhokamada: qahvaxonadagi holat jamoatchilik bahs-munozarasiga sabab bo‘ldi

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov unga Bon! qahvaxonasida o‘zbek xodimlar rus tilida gapirib, xizmat ko‘rsatganini tanqid qildi va Instagram`ga video joyladi. Ko‘pchilik blogerni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ayrimlar uni xayp qilishda aybladi. Restoran ma’muriyati holat bo‘yicha uzr so‘radi. gazeta.uz »

2025-4-9 10:31

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi rekonstruksiya uchun yopildi

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi - Shastri va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari oralig‘i rekonstruksiya uchun yopildi. Loyiha o‘tgan yili boshlangandi. Hozirgacha 64-maktab va Le Grande Plaza mehmonxonasi oldidagi hududlar yangilandi. Ko‘cha sezilarli o‘zgardi, ammo uni yaxshilash kerak. Foto. gazeta.uz »

2025-3-27 23:18

Huquq-tartibot idoralari xodimlari yana qariyb 30 kg giyohvand moddani musodara qildi

DXX va IIVning “Qoradori” operatsiyasi ikkinchi bosqichi 28,8 kg giyohvand modda va 9421 ta kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining musodara qilinishi bilan yakunlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 18 ta o‘qotar va 126 ta sovuq qurol aniqlab, qidiruvda bo‘lgan 53 nafar shaxsni ushladi. gazeta.uz »

2025-2-10 14:51