Ðåçóëüòàòîâ: 893

Toshkentda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga 200 mln dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi — hokim

Toshkentdagi podstansiyalar, transformatorlarni ta’mirlash va qurish, yangi liniyalarni yotqizishga 200 mln dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. “Budjetdan bo‘lmaydi, prezident moliyalashtirish manbalarini belgilab berdi, bu dushanbadan ishni boshlashimizga imkon beradi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-8-10 10:17

Toshkentda Jennifer Lopes konserti: stadionga qanday borish va kirish bo‘yicha qo‘llanma

7-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida Jennifer Lopesning O‘zbekistondagi ilk konserti bo‘lib o‘tadi. Rasmiylar muxlislar uchun xavfsizlik talablarini e’lon qildi: kirish 17:30 dan, chiptalar QR kodli bo‘lishi kerak, ayrim yo‘llar yopiladi, bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi, shaxsiy mashinada kelish tavsiya etilmaydi. gazeta.uz »

2025-8-7 10:29

Toshkentda pulli avtoturargohlar qanday joriy etilmoqda? Streetpark Systems rahbari bilan suhbat

Toshkentda pulli avtoturargohlar paydo bo‘lishi bilan ko‘plab joylarda mashinalarni tartibsiz qoldirib ketish holatlari kamaydi. Tizim allaqachon ishga tushgan. Uning qanday tuzilgani, to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanish haydovchilarga qanday o‘rgatilishi va tizimning istiqboli - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-7-18 09:53

“Binodan binogacha”. Toshkentda ko‘chalarni yagona dizayn-kod bo‘yicha ta’mirlash boshlanadi

Toshkent ko‘chalari bino fasadlari, trotuarlar va yashil maydonlarni qoplab olgan holda, “binodan binogacha” yagona dizayn-kod bo‘yicha ta’mirlanadi, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. Yangi standartlarda piyoda va velosipedchilar xavfsizligiga ustuvor ahamiyat beriladi, ta’kidladi “Yangi Toshkent” direksiyasi rahbari. gazeta.uz »

2025-7-10 23:39

“Cheklov mavjud emas”. MMTV — Toshkentda vaqtincha yashayotgan oilalar farzandlarining maktabga qabul qilinishi haqida

Toshkentda vaqtincha yashovchilarning farzandlari poytaxt maktablarining 1-sinfiga qabul qilinmayotganiga oid xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. MMTVning ma’lum qilishicha, hozirda mikrohudud bo‘yicha qabul davom etmoqda, 1-avgustdan vaqtinchalik ro‘yxatga olingan fuqarolarning farzandlari ham qabul qilinadi. gazeta.uz »

2025-7-7 17:25

Boku va Toshkentda do‘stlik bog‘lari ochiladi, qiymati 400 mln dollarlik yangi loyihalar imzolandi — Toshkent hokimi o‘rinbosari

Bokuda “O‘zbekiston” bog‘ini qurish boshlandi, Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i paydo bo‘ladi. Toshkent hokimi o‘rinbosariga ko‘ra, hokimlik va Ozarbayjon kompaniyalari o‘rtasida besh yulduzli mehmonxona, savdo majmuasi, mehmonxonalar tarmog‘i, qahvaxona, restoranlar qurish bo‘yicha $400 mln lik shartnomalar imzolangan. gazeta.uz »

2025-7-3 20:48