Ðåçóëüòàòîâ: 893

“Biz juda xalal beramiz”. Velosipedchi Nikolay Sderjikov — Toshkentda velosipedchilarga munosabat haqida

Noyabrda velosipedchi Nikolay Sderjikovni Eski Toshmi yaqinida elektromobil urib yubordi. Hodisa joyiga kelgan inspektor velosipedchiga trotuardan yurish kerakligini ta’kidlagan. Oxir-oqibat bu ish bo‘yicha velosipedchining o‘ziga jarima solingan. U bundan norozi bo‘lib, adolat tiklanishiga umid qilmoqda. gazeta.uz »

2025-2-26 17:09

Foto: Toshkentda teatr maydoni rekonstruksiya qilinmoqda. U qanday o‘zgarmoqda?

O‘tgan yil kuzda Toshkentdagi Navoiy nomidagi teatr maydonida rekonstruksiya ishlari boshlangandi. “Gazeta.uz” jarayon qanday ishlarni o‘z ichiga olgani va qachon tugashi kutilayotganini aniqladi. Nimalar qilingani, qaysi yechimlar muvaffaqiyatli bo‘lgani va nimalarni yaxshiroq qilish mumkinligini ko‘rsatamiz. gazeta.uz »

2025-2-26 15:14

Toshkentda Amir Temur ko‘chasidagi ayanchli YTHdan so‘ng yangi yo‘l chiziqlari olib tashlanmoqda. Bu yetarlimi?

Toshkentning Amir Temur ko‘chasida piyodalar jarohat olgan jiddiy YTHdan so‘ng YHXX qatnov qismini toraytiruvchi chiziqlarni olib tashlashga qaror qildi. Biroq savol hamon mavjud: avariyaga olib kelgan xatolar inobatga olindimi, xavfsizlikni oshirish uchun amaliy choralar ko‘riladimi? “Gazeta.uz” murojaati. gazeta.uz »

2025-2-18 15:54

Toshkentda uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushib bormoqda — MHTI

Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushib bormoqda. 2025-yil yanvar oyida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning fevral oyidagi 32,4 foizdan 7,6 foizgacha tushdi. Ba’zi hududlarda salbiy daromadlilik qayd etildi, bu esa bankka omonat qo‘yishni yanada foydaliroq qilmoqda, deya ta’kidladi MHTI. gazeta.uz »

2025-2-17 13:29

Foto: Toshkentda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Namoyishga 70 ga yaqin fotosuratga qo‘yilgan bo‘lib, ularning aksariyati muallifi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, fotorassom Abdug‘ani Jumadir. Ko‘rgazma 12-fevralgacha davom etadi. gazeta.uz »

2025-2-10 07:49

Toshkentda hokim yordamchisi 20 kishi nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi

Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »

2025-2-4 22:55

Toshkentda sobiq hokim yordamchisi 20 kishi nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi

Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »

2025-2-4 22:55