Ðåçóëüòàòîâ: 852

Toshkentda bir qator loyihalar konsepsiyasini ishlab chiqish uchun 825 mln so‘m ajratildi

Toshkent shahri hokimligi prezidentning poytaxtdagi ikki tumanga tashrifi yakunlari bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqishga 825 mln so‘m ajratdi. “Chorsu” va “Eski jo‘va” bozorlari rekonstruksiyasi, “turizm halqasi”da yo‘laklar, mahallalarda mikro bog‘lar qurish va boshqalar shular jumlasidan. gazeta.uz »

2024-4-5 12:15

Toshkentda 2022-yilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar 10 yildan 15 yilgacha qamalgani ma’lum bo‘ldi

2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan. gazeta.uz »

2024-4-3 16:17

Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi

Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2024-3-30 20:53

Toshkentda tilanchilik qilib yurgan ayollarning yosh farzandlari ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi

IIBB Uchtepa tumanida 26 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan ayolni aniqlandi. Ularning 13 nafar yosh farzandi ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi. Ayollarning ayrimlari pul topish uchun o‘zgalarning yosh farzandini ijaraga olgani aniqlandi. Fuqarolarga profilaktik tushuntirish berildi. gazeta.uz »

2024-3-27 09:52

Toshkentda 170

Tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari Toshkentdagi ko‘chada soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Haydovchilar (26 va 35 yosh) jarimaga tortildi, shuningdek, ular bilan “profilaktik suhbat” o‘tkazildi. gazeta.uz »

2024-3-21 08:20

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 1140 dollarni tashkil etmoqda — ITIM

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyida 1,6 foizga oshib, kvadratiga 1140 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning uchta tumani - Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar oshdi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida esa pasaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida. gazeta.uz »

2024-3-13 14:00

Toshkentda “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi

7-mart kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi Markaziy Osiyo an’analari va madaniyati hamda XX asr tarixiy voqealarini aks ettirgan asarlar namoyish etiladi. gazeta.uz »

2024-2-29 13:38