Òîøêåíòäà "International Inclusive Hub" î÷èëäè
Õàáäà êàñáãà é¢íàëòèðèëãàí òàúëèì äàñòóðëàðè àìàëãà îøèðèëàäè âà ñèíîâäàí ¢òêàçèëàäè. ru.sputniknews-uz.com »
òîøêåíòäà - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Õàáäà êàñáãà é¢íàëòèðèëãàí òàúëèì äàñòóðëàðè àìàëãà îøèðèëàäè âà ñèíîâäàí ¢òêàçèëàäè. ru.sputniknews-uz.com »
Sergeli tumanida fuqaro 1 tup mojjevelnik (archa) kesgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 8,8 mln so‘m zarar yetgan. Huquqbuzar jami 17 mln 340 ming so‘m tovon to‘lashi belgilandi. Kompensatsiya tarzida esa 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi. gazeta.uz »
Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish organi xodimiga hujum qilingani aks etgan video tarqaldi - Toshkentda avtomobil haydovchisi mashinasini boshqa joyga qo‘yishdan bosh tortdi va PPX xodimini urdi. Toshkent shahri IIBB holatga izoh berdi. gazeta.uz »
Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deya tanishtirgan shaxs mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan serial suratga olish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 20 ming dollar olganda ushlandi. Toshkent viloyatida esa chet tili bo‘yicha soxta sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan konsalting firma rahbari $3500 ustida qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Endi Toshkentda avtobuslar 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlana olmaydi - tezlikni dastur darajasida cheklash boshlanadi. O‘tgan yili alohida yo‘l qatorlari joriy etilgandan so‘ng ayrim yo‘nalishlarda o‘rtacha tezlik 23 km/soatni (bungacha - 18 km/soat) tashkil etishi aytilgan edi. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida yong‘in bo‘layotgan uydan 5 va 7 yoshli bola qutqarib qolindi. Xonadon egalari ularni yolg‘iz qoldirib, eshikni qulflab ketgan. FVBga ko‘ra, bolalarning ahvoli yaxshi. gazeta.uz »
Parij Olimpiadasidan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilarni tantanali kutib olish jarayonlari “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportajida. gazeta.uz »
Parijdan qaytgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi. Aeroportda sportchilarni Senat raisi, bosh vazir va boshqa rasmiylar kutib oldi. gazeta.uz »
Toshkentda IIV va DXX xodimlari “zakladka” usuli orqali noqonuniy tarqatish uchun tayyorlanayotgan 42 kg dan ortiq “apteka narkotiklari"ni to‘xtatib qoldi. Ularning umumiy chakana narxi 35,7 mlrd so‘mni (deyarli 3 mln dollar) tashkil qildi. gazeta.uz »
Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil, Chilonzor tumanida esa 5 ta avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi. To‘qnashuvlarda jarohat olganlar yo‘q. gazeta.uz »
Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanidagi uylarning birida 12 nafar xorijlik va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelishda gumonlanib qo‘lga olindi. IIBBga ko‘ra, xonadonda uch oy davomida 900 ming dollar aylantirilgan. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Blackpink guruhi konserti haqidagi film va boshqa yana oltita premyera, “Teplo” mahalliy brendlar yarmarkasi, “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko’rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar - Afisha.uz jamlanmasida. gazeta.uz »
Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda. Poytaxt deputatlari ish boshlash uchun 53,6 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. O‘tish joylari manzillari ko‘rsatilmagan va shu sababli jamoatchilik va ekspertlar qarorning asosliligiga xavotir bildirmoqda. gazeta.uz »
Toshkentda YPX inspektorini avtomashinasi kapotida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, bir necha qoidabuzarliklar sodir etgan. gazeta.uz »
Toshkentda operatsiya qilinayotgan bemor shifokorni kaltaklab, uning hushidan ketishiga sabab bo‘ldi. Unga yordamga kelgan boshqa shifokor ham bemorning do‘stlari tomonidan kaltaklandi va reanimatsiyaga yotqizildi. gazeta.uz »
Toshkentda “garmoshka” avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli “manyovr”lar qildi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, “qora ro‘yxat”ga qo‘shildi, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritildi. gazeta.uz »
Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi. gazeta.uz »
Mirobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti beton ustunga borib urildi. Oqibatda haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs o‘zga bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketdi. Ular qo‘lga olingan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz Instagram’da salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida behayo so‘zlar bilan viloyatliklarni haqorat qildi. Sud unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. gazeta.uz »
18 è ¢ç èøèíè áîøëàäè. Ê¢ðãàçìà áèëàí Sputnik ¡çáåêèñòîí ôîòîãàëåðåÿñèäà òàíèøèíã. ru.sputniknews-uz.com »
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 2 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 3 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida qisqa tutashuv sabab Lada Largus mashinasi yonib ketdi. Yong‘inda hech kim jarohatlanmadi. Hozirda holat sabablari o‘rganilmoqda. gazeta.uz »
Poytaxtda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Turkistondan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalar va ularning mintaqa madaniy-ma’rifiy merosiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilinadi. gazeta.uz »
Tarmoqlarda qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deya haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga 6,8 mln so‘m jarima tayinladi. gazeta.uz »
Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. U faoliyatini 2024/25 o‘quv yilidan boshlaydi va muhandislik, arxitektura, IT, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydi. Bitiruvchilarga AQSh universitetlarining diplomi beriladi. gazeta.uz »
Toshkentning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari 15-iyulda boshlanadi. U yerda yoritish tizimlari, o‘rindiqlar, axlat qutilari o‘rnatilib, ko‘chatlar ekiladi va boshqalar amalga oshiriladi. gazeta.uz »
Toshkentdagi avtosalon mansabdorlariga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berishini aytib, 6 mlrd 169 mln so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. gazeta.uz »
Yettita kinopremyera, qo’l mehnati buyumlari yarmarkasi, Tashkent City bog’idagi “Live Jazz Night” konserti, ko’rgazmalar, bolalar va kattalar uchun mahorat darslari, “Soy bo‘yi” sayilgohida bepul shou dastur va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar - Afisha.uz jamlanmasida. gazeta.uz »
Toshkentda Lacetti yong‘in joyiga ketayotgan Isuzu o‘t o‘chirish mashinasining orqasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida erkak u bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqladi. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etdi, gumonlanuvchi ushlandi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark qarama-qarshi yo‘ldagi 2 ta mashinaga borib urilgandi. YHXB hodisa oqibatida bir yo‘lovchi vafot etgani va 2 kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark beton to‘siq ustidan uchib o‘tib, qarama-qarshi yo‘ldagi Honda va Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 3 kishi jarohatlandi. gazeta.uz »
Poytaxtda 6 yoshli bola suv bilan to‘ldirilgan kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, issiq suv quvurini ta’mirlayotgan ishchilar kovlagan chuqur ochiq va to‘siqsiz qoldirilgan. gazeta.uz »
Yandex Uzbekistan kuzda mamlakatdagi biznesini rivojlantirish va xizmatlarni kengaytirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni reja qilmoqda. Kompaniya o‘zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ham ishga tushiradi. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetaforning qizil chirog‘ida harakatlangan. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida Spark urib yuborgan ikki piyoda jarohatlanib, shifoxonaga murojaat qildi. Tarqalgan videolavhalarda bir ayol yerda yotgani, uning atrofida qon izlari borligini ko‘rish mumkin. gazeta.uz »
Sergeli tumanida o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar og‘zaki kelishmovchilik sabab janjallashdi. Tarmoqlardagi videoda voqea ishtirokchilaridan biri avtomobilni odamlar ustiga haydagani aks etgan. Oqibatda 5 kishi jarohat oldi, holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchilar ushlandi. gazeta.uz »
Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar kunduzi transportda konditsionerlar o‘chiqligidan shikoyat qilmoqda. “Gazeta.uz” sovitish tizimi qaysi soatlar oralig‘ida ishlashi, salondagi harorat qanday bo‘lishi va tartib qoidasi buzilganda yo‘lovchilar qayerga murojaat qilishi mumkinligiga aniqlik kiritdi. gazeta.uz »
Beshta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, ijodiy mahorat darslari, dunyoga mashhur futbol yulduzlari bilan uchrashuv, ko‘rgazmalar, spektakllar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar - Afisha.uz jamlanmasida. gazeta.uz »
Toshkentda 31 yoshli erkak ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanmoqda. Qonuniy nikohidan 5 farzandi bo‘lgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Spark haydovchisi skuter haydovchisini quvib borib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketdi va uni urib yubordi. Skuter boshqaruvchisi kasalxonaga yotqizildi. Shahar YHXB yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga va masofa saqlashga chaqirdi. Video. gazeta.uz »
Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2,1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ularning asosiy qismini kannabis, marixuana, gashish va opiy tashkil qiladi. Foto. gazeta.uz »
Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida erkak gul do‘konidagi sotuvchi qizni bo‘g‘ib, so‘ngra uni tinchlantirishga harakat qilgan yana ikki yigitni urgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »