Toshkentda qurilganiga 2 kun bo‘lgan avtobus bekati qulab tushdi
Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 2 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
