Ðåçóëüòàòîâ: 895

Toshkentda 15-sentabrgacha alohida yong‘in xavfsizligi rejimi joriy etilmoqda. Nimalar o‘zgaradi?

Toshkentda 15-sentabrgacha alohida yong‘in xavfsizligi rejimi joriy etildi. Bunda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida taom tayyorlash uchun suyultirilgan gazdan foydalanish, yonilg‘i quyish shoxobchalarida esa yirik tonnajli transport vositalarida 11:00 dan 17:00 gacha yonilg‘ini tashish, to‘kish va quyish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2026-6-24 21:51

Toshkentda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti binolari 886,6 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining o‘quv binolari 886,6 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yildi. Xaridor obyekt negizida xususiy ta’lim muassasasi tashkil etishi kerak bo‘ladi, obyektning o‘zi esa universitet Yangi Toshkentga ko‘chirilganidan keyin topshiriladi. gazeta.uz »

2026-6-23 13:41

Tarix boshlangan tong: Toshkentda O‘zbekistonning JCHdagi debyutini tomosha qilgan muxlislar — suratlarda

Payshanba tongida Toshkentda O‘zbekistonning futbol bo‘yicha JCHdagi debyuti katta ekranlarda namoyish etildi. Soat 07:00 bo‘lishiga va yomg‘irga qaramay, muxlislar bog‘ va maydonlarga oqib keldi. Gazeta shaharning to‘rt nuqtasida bo‘lib, tarixiy vaziyat va ishqibozlarning hayajonli lahzalarini suratlarga muhrladi. gazeta.uz »

2026-6-18 13:29

Toshkentda fuqaroni o‘ldirish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan guruh ushlandi. Ular orasida maktab o‘quvchilari ham bor

Toshkentda ikki maktab o‘quvchisi va ikki yosh yigitdan iborat guruh fuqaroni giyohvand moddalar tarqatuvchisi sifatida ko‘rsatib, uni internetda sharmanda qilish va o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Gumonlanuvchilar jabrlanuvchidan talab qilingan pulning bir qismini olayotganda ushlangan. gazeta.uz »

2026-6-16 16:39

Toshkentda Chirchiq daryosining 24 kilometrlik qirg‘oqbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha yangilangan loyiha taqdim etildi (foto)

Toshkentda Chirchiq daryosini toraytirish hisobiga qirg‘oqbo‘yi hududini rivojlantiruvchi yangilangan Daryo bo‘yi business city loyihasi taqdim etildi. U ilk bor 2020-yilda e’lon qilingan bo‘lib, o‘shanda daryoning 16 km qismini egallashi reja qilingandi. Endi bu masofani 24 km ga uzaytirish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-15 12:32

Toshkentda intim xizmat ko‘rsatuvchi ayoldan himoya qilishi uchun pul talab qilgan IIV xodimi qamaldi

Toshkentda sud pora olishda ayblangan sobiq profilaktika inspektoriga nisbatan hukm chiqardi. Aniqlanishicha, IIV xodimi intim xizmat ko‘rsatuvchi ayoldan “muammo tug‘dirmaslik”, javobgarlikka tortmaslik va reydlar haqida oldindan ogohlantirib turish evaziga oyiga 400 dollargacha pul talab qilgan. gazeta.uz »

2026-5-20 16:49

Toshkentda kuchli shamol daraxtlar qulashiga sabab bo‘ldi, idoralar aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi

18-may kuni Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida ayrim hududlarda daraxtlar qulashi, avtomobilga zarar yetishi hamda elektr ta’minotida uzilishlar qayd etildi. Mas’ul idoralar aholidan ehtiyotkor bo‘lish, daraxtlar, yengil konstruksiyalar va reklama vositalari yaqinida to‘planmaslikni so‘radi. gazeta.uz »

2026-5-19 21:25

Toshkentda noto‘g‘ri “parkovka” qilingan avtomobillarni jarima maydoniga olib ketish boshlanadi

Toshkentda piyodalar yo‘laklarida, bekatlarda, yashil hududlarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonlariga olib ketila boshlanadi. YHTEM tartibli shaharni yaratish ishlarining keyingi bosqichida noto‘g‘ri joyda qoldirilgan avtomobillarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-5-15 12:57