Ðåçóëüòàòîâ: 892

Toshkentda chiqindidan qarzdor iste’molchilarga “svet” uchun to‘lov qilishni cheklash haqida SMS yuborish boshlandi

Toshkentda chiqindidan qarzdorlarga elektr uchun to‘lov qilishni cheklash haqida xabarlar berila boshlandi. HET vakiliga ko‘ra, 20 mingga yaqin qarzdorga SMS ogohlantirishlar yuborildi. 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, “svet”ga to‘lov qilish cheklanadi. Dekabrdan boshqa hududlarda ham shu amaliyot boshlanadi. gazeta.uz »

2025-11-6 18:38

Toshkentda yuzdan ortiq daraxt tanalari ko‘mib tashlandi. Jamoatchilik xavotirda. Hokimlik: “Daraxtlarga xavf yo‘q”

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi sayilgoh atrofi obodonlashtirilmoqda. Ammo yuzdan ortiq daraxt tanasi salkam 1 metrgacha ko‘mib tashlangani xavotirlarni uyg‘otdi. Hokimlik bahorgacha har bir daraxt atrofi tuproqdan ochilishi, jarayon xavf tug‘dirmasligini aytmoqda. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-11-2 17:06

Toshkentda Saudiya kompaniyasi yuqori voltli kabel mahsulotlari ishlab chiqaradi

Saudiyaning Riyadh Cables Group kompaniyasi bilan Toshkentda yuqori voltli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha qiymati 122 mln dollar bo‘lib, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi hamda 340 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:55

Toshkentda soliqdagi tanishlari orqali yordam berishni aytib, tadbirkordan 35 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya hisobchisi firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi. U 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qilgan. gazeta.uz »

2025-10-28 07:45

Toshkentda issiqxona va sanoat obyektlarini ko‘mirdan boshqa energiya manbalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri va viloyatida issiqxona hamda sanoat obyektlarini ko‘mirdan boshqa energiya manbalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tegishli qarori loyihasida korxona va issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, mavjud qozonlarni zamonaviylariga almashtirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-10-27 09:47

Toshkentda BM loyihalashda shaharsozlik qoidalarini buzgani uchun Dream House Design kompaniyasining litsenziyasi bekor qilindi

Dream House Design kompaniyasi Olmazor tumanida shaharsozlik qoidalariga zid tarzda biznes markazi loyihasini ishlab chiqqani uchun litsenziyasidan mahrum bo‘ldi. Xususan, insolyatsiya, binolar orasidagi masofa va qo‘shnilarning roziligi bilan bog‘liq talablar buzilgan, ma’lum qildi Qurilish vazirligi. gazeta.uz »

2025-10-23 17:00

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga shartli hukm chiqarilib, 2 yil sinov muddati belgilandi

Yashnobod tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni mashinasida urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 56 yoshli shaxsni sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qildi. Ayblanuvchi, shuningdek, 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. gazeta.uz »

2025-10-21 16:05

“Qarindoshimning vafoti turtki bo‘ldi” — Toshkentda ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha bepul tibbiy ko‘riklar qanday kechdi?

“Erta aniqla - hayotni saqla” shiori ostidagi milliy aksiya doirasida Toshkentda ayollar uchun ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha bepul skrining tashkil etildi. Akusher-ginekolog, mammolog-onkolog va boshqa mutaxassislar 300 dan ziyod ayolni qabul qildi. Bunday ko‘riklar nega kerak? - Gazeta reportajida. gazeta.uz »

2025-10-21 00:02

Toshkentda Stalin davri ampir uslubi. Me’morchilikdagi dabdaba shahar qiyofasiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Stalin davri ampir uslubi - XX asrning siyosiy vosita sifatida vujudga kelgan eng taniqli me’moriy shakllardan biri. Tadqiqotchi Rushena Seminogova Gazeta uchun yozgan sharhida uning mahalliy o‘ziga xosligi hamda Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlari vizual o‘ziga xosligiga ta’siri haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-10-14 07:15

Toshkentda BAAning DP World kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

“Toshkent Invest” va Dubayning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini rivojlantirish va boshqarish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi. 80 gektardan ortiq majmuaga temiryo‘l quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari kiradi. gazeta.uz »

2025-10-12 07:54

Toshkentda Yevropa uslubidagi ko‘cha paydo bo‘ldi. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz yechimlar (va ularni qanday qilib osongina tuzatish mumkin?)

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng sayr qilish va hordiq chiqarish uchun yanada yashil va qulay bo‘ldi. Bu yerda to‘liq to‘siqsiz muhit yaratildi, tartibsiz to‘xtash joylari esa o‘tmishda qoldi. gazeta.uz »

2025-10-10 18:25

Bu tavakkalchilik emas, balki qoida. Toshkentda zilzila paytida samolyotlar nega aeroportga qo‘na olmadi?

6-oktabrga o‘tar kechasi Toshkentda zilzila vaqtida Moskva - Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan “Aeroflot” samolyoti dispetcher ko‘rsatmasi bilan ikkinchi aylanishga ketdi. Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, bu standart xavfsizlik chorasidir: yo‘lak holati tekshirilgandan so‘ng samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndi. gazeta.uz »

2025-10-6 13:00

“Toshkentda arxitektura emas, balki muloqot inqirozda”. Yosh arxitektorlar uyushmasi rahbari bilan suhbat

O‘zbekiston shaharlari qiyofasini yaratishda me’morlarning roli uzoq yillar rasmiy tusda bo‘lgan. Bugun bu tendensiyada o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Yosh arxitektorlar uyushmasi rahbari Taxmina Turdialiyeva - shaharlarning asosiy muammolari, me’morlar atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida. gazeta.uz »

2025-9-30 17:24

Toshkentda uy-joy narxini pasaytirish uchun uy-joy kooperativlarini joriy etish taklif qilindi

Toshkentda uy-joy qimmatligi va ipoteka subsidiyalari yetishmovchiligi sababli shahar kengashi deputatlaridan biri uy-joy kooperativlarini joriy etishni taklif qildi. Shahar hokimligi poytaxt uchun ipoteka subsidiyalarini oshirish bo‘yicha boshqa mamlakatlar tajribasini va muqobil mexanizmlarni o‘rganmoqda. gazeta.uz »

2025-9-25 18:29

Toshkentda bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan erkak ishi qo‘shimcha tergovgacha tekshiruvga qaytarildi

Toshkent shahri sudining apellyatsiya sudlov hay’ati voyaga yetmagan qizlarga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan erkakning ishini qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruvga qaytardi. Avvalroq birinchi instansiya sudi qaroriga ko‘ra gumonlanuvchi mayda bezorilik uchun bor-yo‘g‘i 5 sutkaga qamalgan edi. gazeta.uz »

2025-9-22 12:54