Ðåçóëüòàòîâ: 892

Toshkentda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tarmog‘i qanday kengaytiriladi?

2030-yilgacha Toshkentda avtobuslar uchun ustuvorlikka ega yo‘laklar uzunligi 400 km dan oshishi kerak: BRT - 57,5 km, “A” harfli yo‘laklar esa 347 km ni tashkil etadi. Bu yil BRT yo‘laklari Shahrisabz (Shota Rustaveli ko‘chasi davomi), Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Yangi Sergeli ko‘chalarida paydo bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-3-21 19:46

“Barcha yutqazadigan holat”. Nima uchun Toshkentda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari ommaviy o‘chirilmoqda?

Elektrozapravka operatorlari Toshkentda ommaviy o‘chirishlar bo‘laayotgani va ularni o‘rnatish bo‘yicha tartib-qoida yo‘qligini ma’lum qildi. Shahar hokimligi aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etib, vaziyatni “barcha yutqazadigan holat” deb atadi. Muammoni hal etish uchun ishchi guruh tuzildi. gazeta.uz »

2026-3-14 08:22

Òîøêåíòäà Ãðóçèÿ ìàäàíèÿòè êóíëàðè: ãàëà-êîíöåðò âà ôèëüìëàð íàìîéèøè á¢ëàäè

Òîøêåíòäàãè Ãðóçèÿ ìàäàíèÿòè êóíëàðè äàñòóðèäàí ãàëà-êîíöåðò âà ãðóçèí áàäèèé ôèëüìëàðè íàìîéèøè ¢ðèí îëãàí. ru.sputniknews-uz.com »

2026-3-10 14:31

“Men otkritka emasman”. Toshkentda Natalya Ilinaning ayollar o‘zligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi ochildi

Toshkent fotosuratlar uyida Natalya Ilinaning 8-martga bag‘ishlangan “Men otkritka emasman” nomli fotoko‘rgazmasi ochildi. Muallif o‘z turkumlari orqali haqqoniylik, hissiy ochiqlik va ichki kuch mavzusiga to‘xtaladi hamda tomoshabinni shaxsni ideallashtirmasdan, zo‘raki rollarsiz ko‘rishga taklif qiladi. gazeta.uz »

2026-3-6 23:16

Toshkentda ota-bola dorixonalarga tarqatish uchun mo‘ljallangan 3 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilar bilan ushlandi

Toshkentda ota-bola yashirin omborda saqlangan va dorixonalarga yetkazish uchun mo‘ljallangan 3 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilar bilan ushlandi. Tezkor tadbirda 133 mingdan ortiq dori, 50 ming dollar, 10,6 mln so‘m va 150 ta bank kartasi ham ashyoviy dalil sifatida olindi. Tekshiruv olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-13 14:11

Toshkentda An’anaviy san’at oliy maktabi ochiladi va madaniy markazlar isloh qilinadi

O‘zbekistonda madaniyat markazlari “madaniyat - ta’lim - hordiq - muloqot” tamoyili asosida isloh qilinadi. To‘rtta shaharda ularni rivojlantirish bo‘yicha pilot loyihalar ishga tushadi. An’anaviy san’at oliy maktabi va Milliy restavratsiya instituti tashkil etiladi. “Turkiston” yozgi amfiteatri ta’mirlanadi. gazeta.uz »

2026-2-13 11:03

Toshkentda Nikolay Shinning Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi ochildi

NBU galereyasida “Alisher Navoiy. Davrlar muloqoti” ko‘rgazmasi ish boshladi. U Sharq mumtoz she’riyati rassomning shaxsiy hayoti va kechinmalariga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatadi. Gazeta obzorchisi Dmitriy Povarov Nikolay Shinning 40 ga yaqin ishida masterning o‘z xotiralari aks etganiga e’tibor qaratdi. gazeta.uz »

2026-2-9 07:41

Toshkentda harakatchanlikni rivojlantirish trayektoriyasini o‘zgartirish imkoniyati bor — BCG

Toshkent piyoda va velosiped yo‘nalishlari, jamoat transporti hamda ko‘cha makonidan yanada oqilona foydalanishni rivojlantirish orqali shaxsiy avtomobillarga bog‘liqlikni kamaytirishi mumkin. Shahar harakatchanligi - zamonaviy shaharlar raqobatbardoshligining asosiy omillaridan biri, deyiladi BCG tadqiqotida. gazeta.uz »

2026-1-20 10:46

Toshkentda majburiy davolash choralarini bekor qilib berish uchun mahkumdan 7,5 ming dollar talab qilgan shifokor qo‘lga olindi

Toshkentda koloniya shifokori majburiy davolash choralarini bekor qilib berish evaziga mahkumdan 7500 dollar talab qildi. Mahkumning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilib, kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida shifokor o‘z kasbdoshi bo‘lgan sherigi bilan birga qo‘lga olingan. gazeta.uz »

2026-1-16 13:06